Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo’yicha takror ishlab
Download 6,4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqsimot jarayonida
- Infratuzilma
Tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo’yicha takror ishlab
chiqarish - ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va iste‘mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Ishlab chiqarish jarayonida tovar va xizmatlar yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayriboshlanadigan va nihoyat, iste‘mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi. Taqsimot jarayonida ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, tovar va xizmatlar hamda pul daromadlari tarmoqlar, sohalar, hududlar, korxonalar va jamiyatning alohida a‘zolari o‘rtasida taqsimlanadi hamda qayta taqsimlanadi. Ayriboshlash yaratilgan ne’matlar va boyliklarning ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarini bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi. Iste’mol jarayonida tovarlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard iste‘molchilarini topadi hamda turli xil ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Iste‘mol ikki turga bo‘linadi: unumli va shaxsiy iste‘mol. Ishlab chiqarish vosi- talari va ishchi kuchi ishlab chiqarish jarayonida foydalanilib, unumli iste‘mol qilinadi. Iste‘mol buyumlari shaxsiy iste‘mol jarayonida foydalaniladi va shu orqali ularning o‘rniga yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi. Iqtisodiyotning zaruriy tarkibiy qismi va faoliyat qilishining asosiy sharti infratuzilmadir. Infratuzilma – bu ishlab chiqarish va ayriboshlashning bir me‘yorda ro‘y berishi hamda kishilar turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil qiluvchi sohalardir. Infratuzilma quyidagi turlarlardan iborat bo’ladi: Ishlab chiqarish infratuzilmasi-bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatadi. Bular saqlash va uzatish vositalari, ombor xo‘jaligi, moddiy texnika ta‘minoti, transport, aloqa, yo‘llar va boshqa shu kabilardir. 9 Ijtimoiy infratuzilma-kishilar yashash va hayot kechirishining ijtimoiy- madaniy va maishiy sharoitlarini tashkil qiladi (ta‘lim, sog‘liqni saqlash, maishiy, uy-joy va kommunal xo‘jalik). Bozor infratuzilmasi-tovarlar va iqtisodiy resurslar ayriboshlash jarayoniga xizmat qiladi (birjalar, savdo uylari, auktsionlar va boshqalar). Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi hamda uni qondirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. Iqtisodiyotning bosh masalasi o‘zining ikki tomoniga ega: ehtiyojlar cheksiz va iqtisodiy resurslar cheklangan. Download 6,4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling