Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
4. 
Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital 
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab 
qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy 
aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik 
kapitalining aylanishi deyiladi. 
Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli ularga 
sarflangan mablag‘larning aylanish tezligi turlicha bo‘ladi. Masalan, unumli 
iste‘molda bo‘lgan xomashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan 
keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy 
aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi. 
Kapital o‘zining aylanish xususiyatiga qarab asosiy va aylanma kapitalga 
bo‘linadi. 
Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar 
davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) 
bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradi va ashyoviy - buyum shaklini o‘zgartirmaydi. 
Aylanma kapital – bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste‘mol qilinadi, 
o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy – 
buyum shaklini ham yo‘qotadi. 
Asosiy va aylanma kapitallar farqlanishi asosida quyidagi belgilar yotadi. 
1. Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari. Asosiy kapital 
tayyorlanayotgan mahsulot moddiy tarkibiga buyum jihatdan kirmaydi, uzoq davr 
davomida faoliyat qiladi (masalan stanok-10 yil, bino-50-100 yil), o‘zining oldingi 
natural – buyum shaklini bir nechta doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi. 
Aksincha aylanma kapital (masalan paxta, jun, metall) har bir doiraviy aylanishda 
to‘liq unumli iste‘mol qilinadi, o‘zining buyum shaklini yo‘qotadi. 


221 
2. Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o’tkazish xususiyati. Asosiy 
kapital ishlab chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat qiladi, ularning 
qiymati tovarlarga qisman o‘tib boradi. Agar stanok 10 yil, binolar esa 50 yil 
davomida foydalanilsa, bunda har yili mahsulot qiymatiga ular qiymatining 1/10 
va 1/50 qismi ko‘chadi. Xomashyo va materiallar, yoqilg‘i va energiya kabi 
aylanma kapital turlari har bir doiraviy aylanishda to‘lig‘icha unumli iste‘mol qili-
nadi va ularning qiymati hom mahsulotlar qiymatiga to‘liq ko‘chadi. 
3. Kapital qiymatining aylanish usuli. Qiymatning aylanish usuli bo‘yicha 
asosiy kapital qiymati ikkiga bo‘linadi; qiymatning mahsulotga o‘tgan qismi 
tovarlar va xizmatlar bilan birga muomalada bo‘ladi va doiraviy aylanish 
jarayonida tovar shaklidan pul shakliga o‘tadi, hamda qoplash fondi shaklida asta-
sekin jamg‘ariladi: mahsulotga o‘tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud 
bo‘lgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Iste‘mol qilingan aylanma 
kapital qiymati to‘liq aylanib, yaratilgan mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi.  
4. Qayta tiklanish usulida. Asosiy kapitalning ishlab chiqarish natijlariga 
o‘tkazilgan qiymati, to‘planib muayyan davr davomida pul shaklidan yangi asosiy 
kapital shakliga aylanadi. Aylanma kapital har bir doiraviy aylanishdan keyin 
ashyoviy buyum shaklida qayta tiklanadi. 
Barcha mehnat vositalari asosiy kapital tarkibiga kirmas idi. Jumladan yer, 
o‘rmonlar va boshka tabiiy resurslar mehnat vositalari hisoblansada asosiy kapital 
tarkibida aks etmaydi. 
Faqat ishlab chiqarish jarayonida unumli kapital asosiy va aylanma kapital 
shaklini oladi, chunki ular o‘z qiymatini mahsulotga o‘tkazadi.
Tadbirkorlik kapitali o‘z harakatida ishlab chiqarish va muomala 
bosqichlarini bosib o‘tadi. Shu sababli uning aylanish vaqti (Av) ishlab chiqarish 
vaqti (I
V
) va muomala vaqti (Mv) yig‘indisidan iborat: 
Av=Iv+Mv 
Sarflangan mablag‘larning ishlab chiqarish jarayonida bo‘lish vaqti, ya‘ni 
ishlab chiqarish vositalari sotib olingandan tovar tayyor bo‘lgan davrgacha o‘tgan 
vaqt ishlab chiqarish vaqtini, muomala jarayonida bo‘lish vaqti, ya‘ni ishlab 


222 
chiqarish vositalari sotib olish va tayyor tovarlarni sotish uchun ketgan vaqt 
muomala vaqtini tashkil etadi. Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat bo‘ladi. 
1. Bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id). 
2. Turli tanaffuslar davri (Td). 
3. Ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zaxiralarida bo‘lish davri 
(Zd) 
Iv=Id+Td+Zd. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling