Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
Muhokama uchun savollar:
1. 
Iste‘molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi? Bu 
nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini izohlang.
2. 
Iste‘molchining afzal ko‘rishi nima? U iste‘molchi tanloviga qanday ta‘sir 
ko‘rsatadi?
3. 
Yalpi (umumiy) naflilik va so‘nggi qo‘shilgan naflilik tushunchalari 
o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud? 
4. 
Farqsizlik egri chizig‘i nimani ifodalaydi? Farqsizlik xartasichi? 
Ularning iste‘molchi xatti-harakatini tushuntirishdagi ahamiyatini izohlang. 
5. 
Iste‘molchi byudjeti chizig‘iga narx va daromaddagi o‘zgarishlar qanday 
ta‘sir ko‘rsatadi? 


211 
XIV BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYaTI VA TADBIRKORLIK 
KAPITALI 
 
1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va uning asosiy belgilari. 
2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va tamoyillari. 
3. Tadbirkorlik kapitalining mohiyati, doiraviy aylanishi va uning 
bosqichlari. 
4. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital. 
5. Asosiy kapitalning tarkibi, eskirishi va foydalanish samaradorligi
ko’rsatkichlari. 
 
1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va uning asosiy belgilari 
Tadbirkorlikning tarixi juda uzoq o‘tmishga borib taqalsa-da, uning hozirgi 
zamon tushunchasi XVIII asrda paydo bo‘lgan va ko‘pincha «Mulkdor» iborasi 
bilan bir xil tushunilgan. 
Keyinchalik real xo‘jalik hayotida faoliyat qiluvchi kapitalning mulkdor 
kapitaldan ajralib chiqishi natijasida «tadbirkorlik» tushunchasi «mulkdor» 
tushunchasiga to‘g‘ri kelmay qoladi. 
Tadbirkorlik faoliyati

mulkiy mas‘uliyat ostida, mavjud qonunlar 
doirasida, daromad olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy 
faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun albatta mulk egasi bo‘lish 
shart emas, u zarur vositalarni ijaraga yoki qarzga olishi va boshqalar mulki 
asosida ish yuritishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishda foydalaniladigan mulk va 
boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o‘zini iqtisodiy jihatdan to‘la ro‘yobga 
chiqara olmaydi va shubhasiz, etarlicha daromad keltirmaydi. Tadbirkor foyda 
olish maqsadida ishlab chiqarishning yagona jarayonida iqtisodiy resurslarini 
birlashtirish tashabbusini oladi. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni 
uning belgilarida yanada aniqroq ifodalanadi. 


212 
I. Tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko‘paytirish bo‘yicha asosiy qarorlar 
qabul qiladi, bular korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi.
II. Tadbirkor biznes g‘oyasini ishlab chiqishda iqtisodiy resurslar uchun 
to‘lovlarni amalga oshirishda va xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda mas‘uliyatni 
o‘z zimmasiga oladi. 
III. Tadbirkor – yuqori foyda ketidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab 
chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini 
tijorat asosida joriy qilishga harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi. 
IV. Tadbirkorlik – bu tahlikaga boruvchi faoliyatdir.Tahlika daromad olmaslik 
yoki zarar ko‘rish ehtimolini bildiradi. Bunda tahlikaning ishlab chiqarish, tijorat, 
moliyaviy, kredit va foizli turlari farqlanadi. 
Tadbirkorlikning rivojlanishi, bir qator sharoitlarning mavjud bo‘lishini 
taqozo etadi.
Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab 
chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalarni 
tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga narx belgilash, foydani tasarruf qilish 
va shu kabilar bo‘yicha ma‘lum xuquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo 
etadi. 
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan 
mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo‘lishi kerak.
Uchinchidan, 
xo‘jalik yuritish yo‘lini erkin tanlash, daromadni 
investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta‘minlaydigan ma‘lum iqtisodiy 
muhit va ijtimoiy siyosiy sharoitlar yaratilishi zarur. 
To‘rtinchidan, erkin tadbirkorlik, mulkchilik va o‘zlashtirishning turli-tuman 
shakllari va turlarini taqozo qiladi.
Etarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma‘lumot va malakaviy tayyorgarlikka 
ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorlik 
muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo‘lishi tadbir-
korlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi. 


213 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda 
tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot 
sohasiga o‘tib ketadi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling