Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


  O’rnini bosish va daromad samarasi


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

3. 
O’rnini bosish va daromad samarasi 
Bozorda tovarlar narxi hamda iste‘molchi daromadlari darajasi o‘zgarib 
turadi. 
Iste‘molchining narx o‘zgarishiga ta‘sirchanligi o’rnini bosish samarasi 
deyiladi. Bunda bir tovar narx o‘sganda xaridor uchun o‘rnini bosuvchi boshqa 
tovar nisbatan arzon bo‘lib qoladi hamda u ancha qimmatli tovarni mazkur tovar 
bilan almashtiradi. Jumladan, margarin va sariyog‘ shunday o‘rnini bosuvchi 
tovarlar hisoblanadi. Ulardan biriga narxning o‘sishi boshqasining xarid 
qilinadigan miqdori ortishi bilan birga boradi. 
Daromad samarasi narx o‘zgarishi oqibatida iste‘molchi pul daromadi xarid 
qilish layoqati tebranishi natijasida tovarlarga talabning o‘zgarishidir. Daromad 
samarasi turli xaridorlar toifasi uchun har xil o‘ringa ega bo‘ladi. 
Iste‘molchi tanlovini o‘rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga 
oshiriladi va quyidagi shartlar ta‘minlanadi deb faraz qilinadi: 
1) 
mavjud va cheklangan byudjetdan to‘liq foydalaniladi; 
2) 
ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi. 
Ma‘lum olingan tovarning narxi o‘zgarsa, u byudjet chizig‘iga ikkala 
turdagi o‘zgarish orqali ta‘sir qiladi. Bu daromad samarasi va o‘rnini bosish 
samarasi. Agar ikki tovardan aytaylik B tovarning narxi oshsa unda 
byudjetimizning real qiymati pasayadi, natijada iste‘molchi nominal qiymati 
o‘zgarmagan xuddi shu byudjet darajasida har ikkala tovardan kamroq sotib olishi 
mumkin va bu byudjet chizig‘i chap tarafga parallel ravishda ko‘chib o‘tib, Q
a1
Q
b1
to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi. Bu narx o‘zgarishining daromad samarasi deyiladi. 
Ammo narx o‘zgarishi natijasida o‘rnini bosish samarasi yuz beradi. A tovarning 
narxi va ikkala tovarlarning nafliliklari o‘zgarmay turib V tovarning narxi oshishi 
uning narxiga nisbatan so‘nggi qo‘shilgan nafliligini kamaytiradi va iste‘molchi 
o‘z tanlovini A tovarga tomon o‘zgartiradi. Bu esa byudjet chizig‘ining 
o‘zgarishiga olib keladi va iste‘molchi daromadi darajasini o‘zgartirmagan holatda 


206 
Q
a1
Q
b1
byudjet chizig‘i Q
a0 
Q
b2
to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi. Bu narx 
o‘zgarishining o‘rnini bosish samarasi deyiladi
49
Normal tovarlar uchun quyidagilar xarakterli: xaridor o‘sgan real 
daromadining bir qismini mazkur tovarlar iste‘molini ko‘paytirishga sarflaydi
ya‘ni o‘rnini bosish va daromad samarasi bir xil yo‘nalishda ta‘sir ko‘rsatadi. 
Daromad samarasi ko‘p darajada oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar
tamaki mahsulotlari va boshqa shu kabi tovarlarga nisbatan o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. 
Mazkur tovarlar uchun sarflar iste‘molchi byudjetining sezilarli qismini tashkil qiladi, 
shu bilan bir vaqtda tovar birligi narxlari unchalik katta bo‘lmaydi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling