Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

13.7-chizma. Byudjet chizig’i 
Agar barcha daromad A tovarni sotib olishga sarflansa, narxlarning mavjud 
darajasida iste‘molchi uning K nuqtaga teng bo‘lgan miqdoriga ega bo‘ladi, bunda 
u B tovarning biror donasini ham xarid qila olmaydi. Boshqa shunday vaziyat 
yotiq o‘qning M nuqtasida aks etadi. 
K va M nuqtalarni bog‘lovchi chiziq byudjet cheklanganligini ifodalaydi. 
Narx va daromadlarning mavjud darajasida iste‘molchi ikki tovarning byudjet 
chizig‘i tashqarisidagi har qanday uyg‘unlashgan miqdorini xarid qila olmaydi. 
Iste‘molchi tovarlarni xarid qilishning muvozanati nuqtasi mavjud 
cheklangan daromadlar darajasida mumkin bo‘lgan maksimal naflilikni ifodalaydi. 


204 
Muvozanatli nuqtaga erishgach iste‘molchi o‘z xaridining tarkibini o‘zgartirishga 
har qanday rag‘batni yo‘qotadi, chunki bu naflilikning yo‘qotilishini bildiradi. 
Shunday 
qilib, 
iste‘molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi 
byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi 
iste‘molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan 
darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma‘lum cheklangan miqdorini sotib olish 
imkoniyati orqali ifodalanadi.
48
Iste‘molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki 
turdagi tovarni sotib olishning turli kombinattsiyalarini ko‘rsatuvchi byudjet chizig’i
shaklida ifodalanadi. 
13.8-chizma. Daromad o’zgarishining byudjet chizig’iga ta’siri 
Iste‘molchi byudjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar 
narxining o‘zgarishi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Misol uchun, iste‘molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar 
yoki 10 birlik B tovar sotib olish mumkin bo‘lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin 
bo‘lgan har ikkala tovarning turli kombinattsiyalari G byudjet chizig‘ida joylashadi. 
Agar iste‘molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning byudjet chizig‘i ham 
tegishli ravishda G
1
holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, byudjet 
chizig‘ining ham qisqarishiga va G
2
holatiga siljishiga olib keladi.
48
Economics : principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, 
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 362, 372 бет 


205 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling