Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


-chizma. Narx o’zgarishining daromad va o’rnini bosish samarasi


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

13.10-chizma. Narx o’zgarishining daromad va o’rnini bosish samarasi 
Hayotiy zarur tovarlarga narxning o‘sishi ularga bo‘lgan talab miqdorining 
qisqarishiga emas, balki o‘sishiga olib kelishi mumkin, chunki odamlar boshqa 
xaridorlardan voz kechib narxi o‘sganda ham hayotiy zarur tovarlarni sotib ola 
boshlaydi. Bu Giffen samarasi deb ataladi. Giffen samarasi ko‘pincha sanoat jihatdan 
rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi, u namoyon bo‘ladigan tovarlar Giffen tovarlari 
deb nomlanadi. 
 
3.Iste’molchi tanlovi nazariyasi. Naflilikni maksimallashtirish qoidasi 
Iste‘molchi tovarlarning turli to‘plamini xarid qilishda doimo naflilikni 
maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha 
bayon etiladi:
49
Economics : principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, 
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 365-366 бет. 


207 
Iste’molchi o’zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad 
to’liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so’nggi qo’shilgan 
naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega 
bo’lishi lozim.
ya‘ni
50

y
y
x
x
P
MU
P
MU


bu erda: MU – X va y tovarlarning so‘nggi qo‘shilgan nafliligi; P – ularning 
narxi. 
Bu qoida iste’molchining muvozanatli holatini ifodalaydi.
51
Iste‘molchi o‘zining didi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar to‘plamini ma‘qul 
ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma‘lum bir to‘plamini boshqa biriga taqqoslab 
ko‘radi. Iste‘molchi tanlovini tushuntirishda farqsizlik egri chizig‘i muhim rol 
o‘ynaydi.
Optimal tanlov quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi: birinchidan, tanlov 
nuqtasining byudjet chizig‘ida yotishi. Iste‘molchi amalda barcha daromadini 
iste‘molga sarflamay, ma‘lum qismini kelgusidagi iste‘molga qoldirsa-da, nazariy 
jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig‘idan 
chapda yotsa – daromadining to‘liq sarflanmaganligini, o‘ngda yotsa – sarflar 
imkoniyat darajasidan chetga chiqilganligini tushunamiz; ikkinchidan, tanlangan 
iste‘mol tovarlari to‘plami eng ma‘qul ko‘rilgan kombinatsiyada bo‘lishi lozim. 
50
Economics : principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, 
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 363 бет 
51
Economics : principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, 
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 375бет 


208 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling