Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

ko’rsatkichlari 
Makroiqtisodiyotbu milliy iqtisodiyot, uning alohida mulkiy sektorlari va 
jahon xo‘jaligi darajasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini bir butun 
qilib birlashtirgan iqtisodiyot tuzilmasidir. 
Makroiqtisodiyotning har qanday darajasidagi tarkib topgan tuzilmasi ijtimoiy 
mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv rivojining natijasi hisoblanadi. 
Milliy iqtisodiyot - alohida mamlakat miqyosida mulkchilikning turli shakllariga 
asoslangan hamda mehnat taqsimoti orqali o‘zaro bog‘langan tarmoqlar, sohalar va 
infratuzilma muassasalaridan iborat yaxlit iqtisodiy tuzilmadir.
Iqtisodiyot sektorlari- iqtisodiyotning mulkiy tavsifiga ko‘ra alohidalashgan 
hususiy, kooperativ, davlat va aralash sektorlardan iborat bo‘g‘inlaridir.
Jahon xo’jaligi-xalqaro mehnat taqsimoti orqali tashqi iqtisodiy munosabatlar 
ishtirokchisiga aylangan alohida milliy davlatlar iqtisodiyotlari majmuasidir.
Har qanday darajadagi makroiqtisodiyot o‘zining turli xil o‘lchamlariga ega. 
Jumladan, milliy iqtisodiyotning mulkiy, hududiy, tarmoq, takror ishlab chiqarish 
o‘lchamlari farqlanadi. Milliy xo‘jalikning iqtisodiy o‘lchamlari makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarda o‘z ifodasini topadi. 


256 
 Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar milliy (yoki jahon) iqtisodiyot va uning 
tarkibiy qismlarining holatini, faoliyat qilishi va natijalarini ifodalaydi. 
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar. Bular mamlakatning iqtisodiy resurs salohiyatini, yer osti va yer usti 
boyliklari zahiralari hamda tabiiy resurslari hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. 

Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Bular 
bandlik, ishsizlik, inflyatsiya, iste‘mol, jamg‘arma va investitsiyalar darajasi, narxlar 
darajasi va uning o‘zgarishi, savdo aylanmasi, to‘lov balansi holati va boshqalar. 


Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling