Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), bandlik, ishsizlik, inflyatsiya
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’shilgan qiymat
milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), bandlik, ishsizlik, inflyatsiya
darajasi va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Yalpi milliy mahsulot (YaMM) milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yil davomida mamlakat ichida va chet ellarda yaratilgan barcha pirovard mahsulot (tovar va xizmat)larning bozor narxlari summasi sifatida aniqlanadi. Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to‘ldiradi. YaMM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har qanday o‘sishi hisobga olinadi chunki u joriy yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) ni aks ettiradi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri aniqlash uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmida sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi hisoblanadi. Qo’shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan sotib olingan va iste‘mol qilingan xomashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. 258 Boshqacha aytganda qo’shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsulotidan yoki ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. YaMM ko‘rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‘rtasidagi farq) summasi kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog‘i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YaIM ma‘lum vaqt davomida (bir yilda) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan va iste‘mol qilishga tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatidir. U barcha ishlab chiqarish sub‘ektlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida chiqadi. ―Pirovard mahsulot‖ – bu iste‘molga tayyor bo‘lgan tovar va xizmatlardir. Oraliq mahsulot – qayta ishlash, ishlov berishga va qayta sotishga mo‘ljallangan mahsulotlardir. YaIM (YaMM)ni miqdoriy aniqlashda oraliq mahsulotlar qiymati chiqarilib, ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymati hisoblab chiqiladi. YaIM (YaMM) ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan, asosiy kapitalning o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi. YaIM (YaMM)dan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik moddiy xarajatlar summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling