Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), bandlik, ishsizlik, inflyatsiya


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), bandlik, ishsizlik, inflyatsiya 
darajasi va boshqa shu kabilar hisoblanadi. 
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yil 
davomida mamlakat ichida va chet ellarda yaratilgan barcha pirovard mahsulot (tovar 
va xizmat)larning bozor narxlari summasi sifatida aniqlanadi. 
Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning 
bir qismi zahiralarni to‘ldiradi. YaMM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har 
qanday o‘sishi hisobga olinadi chunki u joriy yilda ishlab chiqarilgan barcha 
mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) ni aks ettiradi. 
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri aniqlash uchun, mazkur yilda 
ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. 
YaMM hajmida sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni 
bartaraf qilish uchun, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan 
qiymatlar yig‘indisi hisoblanadi. 
Qo’shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib 
beruvchilardan sotib olingan va iste‘mol qilingan xomashyo va materiallar qiymati 
chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. 


258 
Boshqacha aytganda qo’shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsulotidan yoki 
ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) 
joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. 
YaMM ko‘rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‘rtasidagi farq) summasi 
kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog‘i keskin 
farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi 
ichki mahsulot (YaIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YaIM ma‘lum vaqt davomida 
(bir yilda) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan va iste‘mol qilishga tayyor pirovard 
mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatidir. U barcha ishlab chiqarish 
sub‘ektlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida chiqadi. 
―Pirovard mahsulot‖ – bu iste‘molga tayyor bo‘lgan tovar va xizmatlardir. 
Oraliq mahsulot – qayta ishlash, ishlov berishga va qayta sotishga 
mo‘ljallangan mahsulotlardir. 
YaIM (YaMM)ni miqdoriy aniqlashda oraliq mahsulotlar qiymati chiqarilib, 
ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymati hisoblab chiqiladi. 
YaIM (YaMM) ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta 
muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan, 
asosiy kapitalning o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi. 
YaIM (YaMM)dan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan 
asosiy kapital qiymati yoki yillik moddiy xarajatlar summasi ayirib tashlansa sof 
milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling