261
YaIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va
xizmatlarning bozor narxidagi summasi bo‘lganligi uchun tovarlarning nafliligi
ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning qiymati ortib ketishi mumkin.
Shuning uchun yalpi ichki mahsulot hajmiga baho
berishda nominal va real
ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Uning joriy bozor narxlarida hisoblangan hajmi
nominal, o‘zgarmas narxlarda hisoblangani esa
real mahsulot deb yuritiladi. Har
xil yillarda ishlab chiqarilgan YaIM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan
taqdirda
o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga
iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o‘cishi) yoki deflyatsiya (narx
darajasining kamayishi) o‘rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish
imkonini beradi.
O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish tarkibi (2016 y. foizda)
17.3-jadval
Narx indeksi sur‘ati joriy yildagi ma‘lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami
narxlari
summasini, ularning bazis davrdagi narxlar summasiga nisbati orqali
hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davri "bazis yil" deyiladi. Agar aytilgan-
larni formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:
100
262
Amaliyotda qator har xil tovar va xizmatlar to‘plami yoki iste‘mol
savatining narx indeksi hisoblanadi. G‘arb mamlakatlari
va xususan AQShda bu
indekslar ichida eng keng qo‘llaniladigani iste‘molchilik tovarlari savati narxlari
indeksi hisoblanadi. Uning yordamida odatda shahar aholisi sotib oladigan,
iste‘molchilik tovar va xizmatlarning 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor savatining
qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning
umumiy darajasini hisoblash
uchun YaIM narx indeksidan foydalaniladi. YaIM narx indeksi ancha keng
tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat iste‘molchilik tovarlari,
balki investitsion
tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda ayribosh
qilingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YaIM narx indeksi,
nominal
YaIM ni real YaIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: