Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
3. Milliy mahsuloti hisoblash tizimi. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari. Milliy ishlab chiqarish natijalarini hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar – YaMM (YaIM) ni ishlab chiqarish, milliy daromadni taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o’zaro bog’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizimi mamlakatdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar sarf – xarajatlari va ishlab chiqargan mahsulot (va xizmatlarni) lardan olinadigan daromadlar harakatini aks ettiradi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) ikki tomonlama yozuv qoidasiga asoslangan balanslashgan jadvallar to‘plami bo‘lib, unda makrodarajadagi bir iqtisodiy bitim natijalari ham xarajatlar va ham daromadlar sifatida aks etadi. MXT BMTning statistika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan standartlarni o‘z ichiga olib, standart hisoblar va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan iboratdir. MXTning bosh ko‘rsatkichi - YaIM bo‘lib, uning barcha bosqichlaridagi harakati bo‘yicha ma‘lumotlar MHT orqali hisobga olinadi. Bunday hisoblar xalqaro statistikaning standart tizimi sifatida hozirgi davrda dunyoning yuzdan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda ham keng qo‘llaniladi. 264 Milliy hisoblar asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste‘mol sarflari, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me‘yoridagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. MHTningasosiy kamchiligi-bu milliy ishlab chiqarishning umumiy natijasi hisoblangan YaMM (YaIM) real hajmi oshishi yoki kamayishini taqozo qiluvchi bir qator omillarning oqibatlarini hisobga olmaydi. Bular quyidagilar: bozordan tashqarida amalga oshiriladigan operatsiyalar. Jumladan, uy qurish bilan va shaxsiy uy ta‘miri bilan shug‘ullanuvchi duradgor mehnatining natijalari; bo‘sh vaqtning ko‘payishi hisobiga farovonlik darajasi ortishi. Jumladan, haq to‘lanadigan ta‘til va bayram kunlari ko‘payishi oqibatida farovonlikning ortishi; mahsulot sifat tavsifining yaxshilanishi; alohida shaxs va oilalar turmush darajasidagi o‘zgarishlar; suv, havo va atrof muhitning ifloslanishi; yashirin (xufyona) iqtisodiyot va faoliyatning natijalari. Amaliyotda YaIMni hisoblashning bir xil ahamiyatli usullari mavjud, bu uni sarf – harajatlar va daromadlar bo‘yicha hisoblashdir. Iqtisodiy resurs egalari uchun ularni sotilishi bu shu resurslar (kapital, ishchi kuchi, tabiiy resusrlar) hisobiga tegishli daromad turlarini olishlarini bildiradi. Ishlab chiqaruvchilar uchun bu xarajat hisoblanadi. Xaridor (iste‘molchi)lar nuqtai nazaridan tovar va xizmatlarni sotib olish sarf – harajatlar sifatida chiqsa sotuvchi uchun bu pul daromadi hisoblanadi. Shu sababli, YaMM (YaIM)ni iste‘molchilar barcha guruhi sarf – harajatlarini yoki iqtisodiy resurs egalari barcha guruhi omilli daromadlarini qo‘shish yo‘li bilan hisoblash mumkin. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling