260
Shaxsiy daromad - shu daromad hisobidan to‘lanadigan soliqlar – majburiy
to‘lovlar = soliqlar to‘langandan keyingi ixtiyoridagi shaxsiy daromad.
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari
pirovardida ega
bo‘ladigan daromad hisoblanib, ular bu daromadlarning bir qismini iste‘mol uchun
sarflaydi va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi.
Ixtiyorida qoladigan daromad = iste‘mol sarflari + jamg‘arma miqdori.
Narxlarning o‘rtacha darajasi tovarlar ancha keng turlari narxlarining o‘rtacha
darajasini narx indeksi yordamida hisoblash orqali aniqlanadi. Narx indeksi tovar va
xizmatlarning ikki davridagi narxlari nisbati sifatida aniqlanadi.
Makroiqtisodiyot
darajasida narxlarning ancha umumlashgan indeksi YaIM deflyatori hisoblanadi.
Milliy sarf-xarajatlar - bu pirovard tovar va xizmatlarni yaratish,
ishlab
chiqarishni rivojlantirish (investittsiyalash) va iste‘mol uchun zaruriy sarf-
harajatlarning barcha turlaridir.
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
quyidagi
ko‘rinishda tasvirlash mumkin:
17.2-jadval
Yalpi milliy mahsulot
Sof eksport
Yalpi ichki mahsulot
Amortizatsiya
Sof milliy mahsulot
Egri soliqlar
Milliy daromad
Jahon amaliyotida iqtisodiy tahlilda yalpi milliy daromad (YaMD)
ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi. YaMD ko‘rsatkichi YaIMga mamlakat
fuqarolarining chet ellardan olgan daromadlarini qo‘shib,
chet elliklarning
mamlakatdan chiqarib ketgan daromadlari hajmini ayirib tashlash orqali aniqlanadi
yoki YaMD
YaIM
chet ellardan olingan va tashqariga
chiqarilgan birlamchi
daromadlar saldosi (pul o‘tkazmalar bo‘yicha sof qoldiq)
Bunday birlamchi daromadlarga odatda mehnat haqi,
mulkdan dividend
shaklida olinadigan daromad kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: