Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
3. 
Milliy mahsuloti hisoblash tizimi. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash 
usullari. 
Milliy ishlab chiqarish natijalarini hisoblashda milliy hisoblar tizimidan 
foydalaniladi. 
Milliy hisoblar – YaMM (YaIM) ni ishlab chiqarish, milliy daromadni 
taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o’zaro bog’liq 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizimi mamlakatdagi 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar sarf – xarajatlari va ishlab chiqargan mahsulot (va 
xizmatlarni) lardan olinadigan daromadlar harakatini aks ettiradi. 
Milliy hisoblar tizimi (MHT) ikki tomonlama yozuv qoidasiga asoslangan 
balanslashgan jadvallar to‘plami bo‘lib, unda makrodarajadagi bir iqtisodiy bitim 
natijalari ham xarajatlar va ham daromadlar sifatida aks etadi. 
MXT BMTning statistika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 
standartlarni o‘z ichiga olib, standart hisoblar va asosiy makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlardan iboratdir. 
MXTning bosh ko‘rsatkichi - YaIM bo‘lib, uning barcha bosqichlaridagi 
harakati bo‘yicha ma‘lumotlar MHT orqali hisobga olinadi. 
Bunday hisoblar xalqaro statistikaning standart tizimi sifatida hozirgi davrda 
dunyoning yuzdan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda ham keng 
qo‘llaniladi. 


264 
Milliy hisoblar asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va 
xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi 
umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) 
summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste‘mol sarflari, 
investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning 
me‘yoridagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. 
MHTningasosiy kamchiligi-bu milliy ishlab chiqarishning umumiy natijasi 
hisoblangan YaMM (YaIM) real hajmi oshishi yoki kamayishini taqozo qiluvchi bir 
qator omillarning oqibatlarini hisobga olmaydi. Bular quyidagilar: 

bozordan tashqarida amalga oshiriladigan operatsiyalar. Jumladan, uy 
qurish bilan va shaxsiy uy ta‘miri bilan shug‘ullanuvchi duradgor mehnatining 
natijalari; 

bo‘sh vaqtning ko‘payishi hisobiga farovonlik darajasi ortishi. Jumladan, 
haq to‘lanadigan ta‘til va bayram kunlari ko‘payishi oqibatida farovonlikning 
ortishi; 

mahsulot sifat tavsifining yaxshilanishi; 

alohida shaxs va oilalar turmush darajasidagi o‘zgarishlar; 

suv, havo va atrof muhitning ifloslanishi; 

yashirin (xufyona) iqtisodiyot va faoliyatning natijalari. 
Amaliyotda YaIMni hisoblashning bir xil ahamiyatli usullari mavjud, bu uni 
sarf – harajatlar va daromadlar bo‘yicha hisoblashdir. 
Iqtisodiy resurs egalari uchun ularni sotilishi bu shu resurslar (kapital, ishchi 
kuchi, tabiiy resusrlar) hisobiga tegishli daromad turlarini olishlarini bildiradi. Ishlab 
chiqaruvchilar uchun bu xarajat hisoblanadi. Xaridor (iste‘molchi)lar nuqtai nazaridan 
tovar va xizmatlarni sotib olish sarf – harajatlar sifatida chiqsa sotuvchi uchun bu pul 
daromadi hisoblanadi. Shu sababli, YaMM (YaIM)ni iste‘molchilar barcha guruhi sarf 
– harajatlarini yoki iqtisodiy resurs egalari barcha guruhi omilli daromadlarini 
qo‘shish yo‘li bilan hisoblash mumkin. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling