Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Davlat sarflari – bu mahsulotlarniva iqtisodiy resurslarni, sotib olishga 
davlatning qilgan barcha sarflarini o‘z ichiga oladi. 
Chet elliklarning milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan tovarlarini sotib 
olishga qilgan sarflari milliy xo‘jalikning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Shu 
sababli YaIMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning 
sarflari, ya‘ni eksport qiymati ham qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste‘molchilik 
va investitsion sarflar hamda davlat mablag‘larining bir qismi importga, ya‘ni chet 
elda ishlab chiqarilgan tovarlarni xarid qilishga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish 
umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YaIMdan chiqariladi. 
Buning uchun eksport va import miqdorlari o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Bu farq 
tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib ―sof eksport‖ deyiladi. Sof 
eksport ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo‘lsa, bu 
ijobiy, eksportdan import ortiq bo‘lsa salbiy bo‘ladi. 
Qarab chiqilgan sarflarning to‘rt toifasiga notijorat muassasalar (kasaba 
uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar) sarflari va 
moddiy aylanma vositalari zahirasidagi o‘zgarishlarni qo‘shib chiqish yo‘li bilan 
YaIM hajmi aniqlanadi. 
Ikkinchi usul – bu YaIM ni daromadlar bo‘yicha hisoblash. 
Aniq yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha 
daromadlar resurs egalari ixtiyoriga ish haqi, renta to‘lovlari, foiz va foyda shaklida 
kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YaMM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana 
shu barcha daromadlarni qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi. 


268 
YaIMni mazkur usul bo‘yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga 
joriy yilda iste‘mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va 
biznesga egri soliqlar miqdori ham qo‘shiladi. 
Agar YaIMni hisoblashning oxirgi ikki usulini oddiy tenglik shaklida 
tasvirlasak: 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling