Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YaIMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo’yicha yondoshuv 17.4-jadval Milliy mahsulot hajmini sarflar summasi bo’yicha hisoblash
Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuvdir.
265 Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta sub‘ekti – uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda uning tashqarisida chet elliklar sotib olishi mumkin. YaIMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo’yicha yondoshuv 17.4-jadval Milliy mahsulot hajmini sarflar summasi bo’yicha hisoblash Milliy mahsulot hajmini daromadlar summasi bo’yicha hisoblash 1.Uy xo‘jaliklarining iste‘molchilik sarflari + 1. Daromad olish bilan bog‘liq bo‘lmagan sarf va to‘lovlar a) amortizatsiya, b) egri soliqlar + 2.Tadbirkorlarning investitsion sarflari + 2. Ish haqi + 3.Tovar va xizmatlarning davlat xarid + 3. Renta to‘lovlari + 4.Chet elliklar sarflari + 4. Foiz + 5.Notijorat muassasalari sarflari + 5. Foyda 6. Moddiy aylanma vositalar zahirasidagi o‘zgarishlar YaMM (YaIM) YaMM (YaIM) Uy xo’jaliklarining iste’molchilik sarflari, bu kundalik tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol buyumlariga va boshqa shu kabilarga qilinadigan sarflardir. Investitsion sarflar tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg‘arishga qiladigan sarflardir. Invectitsioncarflar asosan uchta qismdan iborat: a)tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va jihozlarning barcha xaridi; b)barcha qurilishlar; v) za- hiralarningo‘zgarishi. 266 YaIM tarkibiga, ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar zahiralarining ko‘payishi kiritiladi. Boshqacha aytganda YaIM o‘z ichiga yil davomidagi zahiralar va ehtiyotlar barcha o‘sishining bozor qiymatini oladi. Zahiralarning bu o‘sishi YaIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichi sifatida qo‘shiladi. Zahiralar kamayganda, u YaIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko‘proq mahsulot sotilganini bildiradi. Boshqacha aytganda, jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan zahiralarning bir qismini iste‘mol qilgan bo‘ladi. Milliy hisoblar tizimida YaIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi. Yalpi investitsiyalar o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital qo‘yilmalar hajmigahar qanday sof qo‘shimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar mohiyatiga ko‘ra iste‘mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasidan va invetitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo‘shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq, joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilgan va iste‘mol qilingan kapital qiymatini ifodalaydi. Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o‘rtasidagi nisbat, iqtisodiyot yuksalish, turg‘unlik yoki tanazzul holatida joylashganligini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkich (indikator) hisoblanadi. Yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq bo‘lsa, iqtisodiyot yuksalish bosqichida joylashadi, uning ishlab chiqarish quvvatlari o‘sadi. Turg‘un iqtisodiyot yalpi investitsiyalar va amortizatsiya teng bo‘lgan vaziyatni aks ettiradi. Bu iqtisodiyotda mazkur yilda YaIMni ishlab chiqarish 267 jarayonida iste‘mol qilingan vositalarni qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda asosiy kapital ishlab chiqarilishni bildiradi. Boshqacha aytganda, sof investitsiyalar taxminan nolga teng bo‘ladi, ishlab chiqarish quvvatlari kengaymaydi. Yalpi investitsiyalar amortizatsiyaga nisbatan kam bo‘lsa, ya‘ni iqtisodiyotda ishlab chiqarilganga qaraganda kapital ko‘proq iste‘mol qilinsa, iqtisodiyotda investitsiyalarning qisqarishi ro‘y beradi. Bu yil oxirida asosiy kapital hajmi yil boshida mavjud bo‘lgandan kam bo‘lib qolishga olib keladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling