279
Korxonalardan olinadigan soliqlarning ko‘payishi
mahsulot birligiga
xarajatlarni ko‘paytirishi va yalpi taklifni qisqartirishi mumkin.
Korxonaga davlat tomonidan beriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq
yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi
va yalpi taklifni
oshiradi.
Davlat tomonidan tartibga solish usullarining o‘zgarishi ham ko‘p hollarda
mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va
shu orqali yalpi taklifni
o‘zgartiradi.
3. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanatlik hamda uning
o’zgarishi
Makroiqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning shunday holatiki, bunda
mavjud resurslar va ulardan foydalanish o‘rtasida, ishlab chiqarish va iste‘mol
hajmi, moddiy va moliyaviy oqimlar, jamg‘arma va investitsiyalar o‘rtasida
mutanosiblikni taqoza etadi .
Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan
hisoblanadi, bu yalpi talab
va yalpi taklif muvozanati buzilib turishiga sabab bo‘ladi.
Yalpi talab va yalpi taklif egri chizig‘i
kesishgan nuqta narxning
muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmini
ko‘rsatadi.
18.3-chizma. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati
280
Yalpi talab o‘zgarmay
qolganda, yalpi taklifning o‘zgarishi iqtisodiyotda
ikkita har xil oqibatlarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: