Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Yalpi talab va yalpi taklif modellari
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
4. Yalpi talab va yalpi taklif modellari
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatligidan kelib chiqib uning turli xil yondashuvlar asos qilib olingan uchta modeli ajratiladi. 1. Klassik model. Bu modelning ―klassik‖ deb nomlanishiga sabab shuki uning asosi klassik iqtisodiy maktab vakillari A. Smit, D. Rikardo, Dj. St Mill va J.B. Sey tomonidan ishlab chiqilgan. Ular muvozanatlik modelini faqat qisqa muddatli davrda qarab chiqadi va qarashlarini quyidagilar bilan izohlaydi. Talab hajmi har doim amalga oshiriladigan taklif hajmiga teng keladi. Uning asosida J.B. Seyning ―bozor qonuni‖ yotadi, ya‘ni tovarlar taklifi o‘zining xususiy talabini vujudga keltiradi yoki boshqacha aytganda, mahsulotning ishlab chiqarilgan hajmi barcha yaratilgan tovarlar qiymatiga teng daromadlarni (ularni to‘liq sotish uchun etarlicha bo‘lgan) avtomatik ravishda ta‘minlaydi. Sey fikricha, ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitida har bir ishlab chiqaruvchi o‘z tovarlarini o‘zida ishlab chiqarilmaydigan boshqa tovarlarni harid qilish uchun sotadi. Shunday ekan, u faqat sotilgan hajmdagi tovarlarni miqdorini harid qilishi mumkin. Shu sababli, talab har doim taklif hajmiga teng keladi. Bunday model uchta shartni taqozo qiladi: - olingan daromad to‘liq sarflanadi: 282 - faqat o‘z pul mablag‘lari sarflanadi: - jamiyat bir vaqtda ham iste‘molchi hisoblangan ishlab chiqaruvchilardan iborat bo‘ladi. Biroq amalda har qanday iqtisodiyotda olingan daromadning qandaydir qismi uning egasi tomonidan sarflanmaydi va jamg‘arma shaklini oladi. Bu yalpi talab hajmi va bandlikning tegishlicha qisqarishiga olib keldi. ―Daromad -xarajat‖ oqimidan mablag‘lar bir qismining olib qo‘yilishi iste‘molning qisqarishiga va demak yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi mavjud muvozanatlik buzilishiga olib keladi. Shu sababli, klassik maktab vakillari to‘liq bandlik sharoitida daromad va xarajatlar tengligini avtomatik ravishda ta‘minlaydigan umum iqtisodiy muvozanatlikning etarlicha asosli nazariyasini ishlab chiqdi. Klassiklar fikricha, moslashuvchan miqdorlar hisoblangan foiz stavkasi, ish haqi, narx darajasi kapital, ish kuchi, pul bozorida talab va taklif muvozanatligini ta‘minlaydi. Muomaladagi pul massasining ortishi esa tovar va xizmatlar real oqimida hech narsani o‘zgartirmaydi, faqat miqdorlar nominal qiymati o‘zgarishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Agar pul foiz keltirsa daromadlarning bir qismi likvidli (tez sarflanuvchi) shaklda saqlanmasdan qimmatli qog‘ozlarga yoki bank tizimiga jamg‘arma sifatida joylashtiriladi. Foiz olish maqsadida qo‘yilgan pul odatda investitsiyalar manbai hisoblanadi. Agar jamg‘armalar investitsiya qilinmasa, yalpi talab va yalpi takliflar o‘rtasidagi muvozanatlik buzilmaydi. Klassik modelning asosiy qoidalaridan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizm Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling