Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Muvozanatli monetaristik model
18.5-chizma. Milliy daromad
Yalpi talabni kengaytirish ekspansiya siyosati Agar resurslardan to‘liq foydalanishni ta‘minlovchi ishlab chiqarish darajasi, muvozanatli nuqtadan (N 1 ) dan past bo‘lsa, davlat yalpi talabni kengaytirishni rag‘batlantirish zarur, bu taklif o‘sishi va ishsizlik pasayishini keltirib chiqaradi. Davlat yalpi talabni uchta usulda ko‘paytirishi mumkinki ular ―ekspansiya siyosati‖ deb nomlanadi. Bular: - davlat sarflarini ko‘paytirish - soliqlarni kamaytirish - foiz stavkasini pasaytirish Davlat sarflarining o‘sishi amalda aholiga pul to‘lovlari-pensiya, nafaqa, stipendiya va eng asosiysi minimal ish haqi darajasi oshirilishini bildiradi. Resurslardan to‘liq foydalanishni ta‘minlovchi ishlab chiqarish darajasi muvozanatli nuqtadan yuqorida joylashsa davlat yalpi talab hajmini sun‘iy ―ushlab turuvchi siyosat‖ yuritadiki, bu inflyatsiyani pasaytiradi. Bunga ekspansiya siyosa- tiga teskari tadbirlarni qo‘llash orqali erishiladi. Ya‘ni davlat sarflari kamaytiriladi 287 (ijtimoiy dasturlar, transfert to‘lovlari qisqartiriladi), soliq stavkalari oshiriladi, foiz stavkasi ko‘tariladi. Davlat sarflarining kamayishi aholi sotib olish layoqatining pasayishiga olib kelsa, soliq va foiz stavkasining ortishi investittsion faollikni pasaytiradi. Bular pirovard natijada yalpi talabni qiskartiradi, muvozanatli nuqtani ―pastga‖ surib, inflyattsion farqni bartaraf qiladi. 3. Muvozanatli monetaristik model XX asr 70-yillarida bozor iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish sur‘atlari pasayishining asosiy sababi deb e‘tirof etiladi. Bu xulosa Fridmenga tegishlidir. Uning nazariyasidagi asosiy g‘oya: xo‘jalik hayotiga ta‘sir ko‘rsatuvchi muhim dastak pul hisoblanadi, barcha iqtisodiy faollik ko‘rsatkichlari pul massasi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. M.Fridmen erkin bozor g‘oyasiga tayanadi, narxning stixiyali mexanizmga aralashmaslik zarurligini qayd qiladi. Uning makroiqtisodiy monetaristik modelida stagflyatsiyaga qarshi kurashda asosiy tadbir sifatida pul massasi o‘sishini cheklash g‘oyasi ilgari suriladi. Fridmen birinchi o‘ringa ―ushlab turish siyosati‖ni qo‘yadi, ya‘ni daromadlar o‘sishini maqsadga muvofiq cheklash, o‘z-o‘zidan yalpi talab miqdori kamayshini va inflyatsiya pasayshini keltirib chiqaradi. Yalpi talabning kamayishi- bu ishchi kuchiga talabning ham qisqarishini anglatadi. Fridmen inflyatsiyaning pasayishini ―ushlab turish‖ siyosatining asosiy natijasi deb hisoblaydi, uni ―erkinlashtirish siyosati‖ bilan almashtirish zarurligini qayd qiladi. Monetaristik model asoslangan asosiy dalillar quyidagilar: 1. Bozor iqtisodiyoti barqarorlikka, ya‘ni, o‘zini-o‘zi tartibga solishga intiladi. Nomutanosiblikning vujudga kelishi odatda davlat tomonidan tartibga solishning natijasi hisoblanadi. 2. Muvozanatlik buzilganda narxlar uni to‘g‘rilashni ta‘minlovchi asosiy dastak hisoblanadi. Pul taklifning ortishi mahsulotlar narxi o‘sishiga olib keladi, lekin 288 u bir tekis ro‘y bermaydi. Talab dastlab arzon tovarlarga, keyin yangi tovarlarga, oxirida xizmatlarga qaratiladi. 3. Pul dastaklari orqali tartibga solishning bosh maqsadi iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashga erishishdir. Biroq bunda muomaladagi pul miqdorida narxlarning o‘sishiga mos ravishda unchalik katta bo‘lmagan ko‘payishi ro‘y bersa, tovar miqdori va pul massasi o‘rtasida muvozanatlik vujudga keladi. 4. Pulning harakati va YaMM o‘sishi sur‘ati o‘rtasida muqarrar uzviy bog‘liqlik mavjud bo‘ladi: pul massasi ko‘payishi bilan narxlar o‘sishi ro‘y beradi, bu esa ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantiradi. 5. Tartibga solish uzoq muddatli vazifalarga yo‘naltirilishi zarur. Chunki pul massasidagi tebranishlar oqibati asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarda birdaniga emas balki, birmuncha vaqt o‘tgandan keyin aks etadi. Keyns daromadlarning sarflarga, Fridmen esa uning pul taklifiga miqdoriy bog‘liqligini asoslaydi. Fridmen shunday xulosaga keladi: davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy sohaga aralashuvi darajasi pul taklifining nazoratiga tayanish zarur. Monetar nazariya Markaziy bankning pul massasi o‘sish sur‘atini doimiy ushlab turish qoidasiga so‘zsiz amal qilishi zarurligini qayd qiladi. Bu o‘sish me‘yoridagi inflyatsiyani (2.5dan 8%gacha) ushlab turish uchun yetarlicha past bo‘lishi zarur. Biroq, u mazkur chegaradan pasayib ketmasligi lozim, chunki aks holda ishlab chiqarishning qisqarishi ro‘y beradi. Mazkur kontseptsiya XX asrning 80-yillarida ko‘plab rivojlangan mamlakatlar, xususan AQSh va Angliyada qo‘llanila boshlandi. Natijada inflyatsiya sur‘ati sezilarli darajada qisqardi. Ayni vaqtda ijtimoiy dasturlarga sarflarning sezilarli qisqarishi aholi bir qismining iqtisodiy farovonligi pasayishida o‘zining salbiy natijasini topadi. Biroq byudjet taqchiligi muammosi hal qilinmadi. G‘arb mamlakatlari uchun keyingi davrlarda nafaqat inflyatsiya balki bandlik, iqtisodiy rivojlanish sur‘ati va daromadlar tengsizligi ham asosiy muammo bo‘lib qoldi. 289 Hozirgi davrda turli davlatlarda klassiklar, keynschilar va monetaristlar yonodashuvlarini uyg‘unlashtirib, tartibga solishning yetarlicha har xil dastaklaridan foydalanildi. Shu sababli iqtisodiy modellar hozirgi zamon bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmining ilmiy asoslarini tashqil qilishi tushunarli holdir. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling