Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
O’zbekistonda moliyalashtirish manbalari bo’yicha asosiy kapitalga kiritilgan
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
O’zbekistonda moliyalashtirish manbalari bo’yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar (2016 y.) 20.1-жадвал Investitsiyalar manbalar (%) Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar - jami 100,0 Shu jumladan: Respublika byudjeti mablag‘lari 4,5 Korxona va aholi mablag‘lari 53,0 Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari 11,1 Chet el investitsiyalari va kreditlari 21,3 Davlat maqsadli jamg‘armasi 10,1 Investitsiyalarning moliyalatirish manbalari bo‘yicha tuzilishida chet el investitsiyalari muhim hisoblanadi. Respublikamizda ―Xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha ishlar qanday ahvolda ekani tanqidiy tahlilni talab etadi. Bunday investi- tsiyalarning ulushi 30 foizga tushib qolgan‖ 58 III. Asosiy kapitalga investitsiyalarning mulkiy tuzilishi uning jami hajmida davlat va nodavlat investitsiyalari ulushini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda jami investitsiyalarda 2016 yilda davlat sektorining ulushi 20,5 nodavlat investitsiyalarda xususiy sektor 21,8% ni, xo‘jalik birlashmalari 36,4% ni, chet ellik qo‘yilmalari 21,3% ni tashkil qilgan. IV. Investitsiyalarning ishlab chiqarish tuzilishi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi mablag‘lar ulushini aks ettiradi. 2016 yilda O‘zbekistonda jami investitsiyalarning 70 foizidan ortig‘i ishlab chiqarish ob‘ektlarini qurish va kengaytirishga yo‘naltirilgan. V. Jami investitsiyalardagi alohida tarmoq va sohalar ulushi uning tarmoq tuzilishini ko‘rsatadi. 58 Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик ҳоидаси бўлиши керак. Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.27-бет. 300 Respublikamiz iqtisodiyotida sanoat tarmog‘ining jami investitsiyalardagi ulushi barqaror yuqori bo‘lib, 2016 yilda 39,3% ga etgan 2000 yilga taqqoslaganda bu ulush 10%ga yaqin ortgan. VI. Investitsiyalarning texnologik tuzilishi uning qurilish-montaj ishlariga, uskuna, jihoz va inventarlarga, boshqa kapital ishlar va xarajatlarga qo‘yilgan ulishini ifodalaydi. VII. Investitsiyalarning asosiy kapitalning alohida turlari bo‘yicha tuzilishi. Bu jami investitsiyalarda bino va inshootlar qurilishiga, mashina, uskuna va inventarlar sotib olishga yo‘naltirilgan kapital mablag‘larning salmog‘ini ko‘rsatadi. VIII. Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi texnik qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilishga, ularni kengaytirishga, ya‘ni qurilishlarga va ayrim ob‘ektlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar ulushini aks ettiradi. Asosiy kapitalga investitsiyalarning hududiy tuzilishi alohida ma‘muriy – hududiy bo‘linmalar (viloyat, shahar, tuman)ning mazkur mablag‘lardagi salmog‘ini ko‘rsatadi. Investitsiya qo‘yilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga bo‘linadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga qo‘yiladigan investitsiya; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq muddatli mablag‘lar qo‘yish shakllarida amalga oshiriladi. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) Tadbirkorlar investitsiyalarga sarflardan olish ko‘zda tutilgan, kutilayotgan sof foyda normasi va 2) foiz stavkasi. Investittsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki, ular foyda keltiradigan bo‘lsa sotib oladi. Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi foiz stavkasidan ortiq bo‘lsa investittsiyani amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aksincha, foiz stavkasi 301 kutilayotgan sof foyda normasidan ortiq bo‘lsa, investitsiyalash samarasiz hisob- lanadi. Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari quyidagi omillar ham ta‘sir ko‘rsatadi. 1. Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari; 2. Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori; 3. Ishlab chiqarish texnologiyasi; 4. Asosiy kapitallarning mavjud hajmi; 5. Bozor kon‘yukturasidagi ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling