Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
Makroiqtisodiy
darajada iqtisodiy o’sishning asosiy qiymat ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: YaIM yoki milliy daromadning mutloq hajmining o‘sish sur‘ati; YaIM yoki milliy daromadning aholi jon boshi hisobiga to‘g‘ri keladigan nisbiy miqdorining o‘sish sur‘ati; YaIM (IMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to‘g‘ri keladigan nisbiy miqdorining o‘sish sur‘ati; Iqtisodiy o‘sishni aniqlashda har uchala ko‘rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha. Masalan: agar tahlil markazida iqtisodiy salohiyat muammosi tursa, birinchi ko‘rsatkichdan foydalanish ko‘proq mos keladi. Alohida mamlakat va regionlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko‘proq ikkinchi ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko‘rsatkichga ustuvorlik beriladi. Odatda iqtisodiy o‘sish % (foiz) da o‘sishning yillik sur‘ati sifatida aniqlanadi. Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur‘atini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar (real YaIM, aholi jon boshiga va iqtisodiy resurs birligiga real YaIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular: - birinchidan mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy holatini to‘liq tavsiflab berolmaydi; - ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi, – uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta‘sirini hisobga olmaydi. Shu sababli tahlilda iqtisodiy o‘sishning shart-sharoitlari va alohida tomonlarini tavsiflovchi 313 ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi. Ulardan asosiylari iqtisodiyotning texnikaviy darajasi YaIM ning qiymat tuzilishi iqtisodiy resurslar unumdorligi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda miqdorining oshishi kabilar hisoblanadi. Ishlab chiqarishning texnikaviy darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: a) ishlab chiqarish vositalari va texnologiyaning rivojlanish darajasi. b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi. v) ishlab chiqarishning moddiy va inson omillari nisbati. g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi. Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi o‘zgarishi hisoblanadi. YaIMda industrial va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari ulushining ortib borishi nafaqat uning miqdoran o‘sib borishi balki sifat jihatdan yaxshilanayotganini ham anglatadi. Aholi shaxsiy daromadi va tadbirkorlik sektori foyda miqdori mutloq hamda nisbiy ko‘rsatkichlarda ortib borishi ham iqtisodiy o‘sish sur‘ati va sifati to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Iqtisodiy resurs va texnikaviy vositalar birligi unumdorligi ortishi iqtisodiy o‘sishning jismoniy ko‘rsatkichlari jumlasiga kiradi. Jumladan, qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi va chorva mollari maxsuldorligi ortishi, bir kombayn hisobiga yig‘ib olingan g‘alla yoki paxta hosili miqdori o‘sishi, to‘quv dastgohi birligiga ishlab chiqarilgan material miqdorining ko‘payib borishi shular jumlasidandir. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling