Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


  Investitsion siyosat va uning asosiy yo’nalishlari


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

3. 
Investitsion siyosat va uning asosiy yo’nalishlari 
Investitsion siyosat. Bu investitsion resurslarini shakllantirish, iqtisodiyot 
tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish, uning samaradorligini oshirish, iqtisodiy o‘sishga 
va milliy boylikni ko‘paytirishni erishishga va uning ustuvor sohalarga 
yo‘nalishini tanlash ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidir. Mazkur 
siyosat investitsion faollikni oshirishga yoki kamaytirishga qaratiladi.
Investitsiya siyosati texnika taraqqiyotini jadallashtirishga ham qaratiladi. 
Yangi 
texnologiyalarga 
mablag‘ini investitsiya qilayotgan korxonalarga 
subsidiyalar ajratiladi, soliq imtiyozlar beriladi. Katta investitsiya mablag‘larni 
talab qiluvchi va o‘zini tezda oqlamaydigan sohalarni moliyalashtirishni davlat o‘z 
zimmasiga oladi.
Ayni vaqtda davlat xususiy investitsiyalarni umumdavlat ahamiyatiga molik 
sohalarga yuborilishini moliya-kredit vositalari bilan rag‘batlantiradi. 
Investitsion siyosat avvalo qulay investitsion muhitni vujudga keltirishga 
qaratiladi. Investitsion muhit –investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf–hatar 
darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy–iqtisodiy, tashkiliy–iqtisodiy, moliyaviy va 
siyosiy omillar majmuidir.


307 
Respublika iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida davlat investitsiya 
siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin: 

tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi 
tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga; 

transport–kommunikatsiya 
va 
ijtimoiy 
infratuzilma 
sohalaridagi 
loyihalarni amalga oshirishga; 

sanoatning yuqori texnologiyali qayta ishlovchi tarmoqlariga, eng avvalo 
mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni jadallashtirishni 
ta‘minlovchi tarmoqlarga; 

qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishga; 
Bunda ―istiqbolli investitsion loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik 
sub‘ektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish; yangi turlardagi sug‘urta, 
lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hisobiga ularning hajmini kengaytirish 
va sifatini oshirish‖ga e‘tibor qaratiladi.
59

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga;

hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko‘lamini 
kengaytirishga; 

turizmning zamonaviy sohalarini rivojlantirishga; 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling