Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Ekstensiv iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning oldingi texnikaviy asosi 
saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli 
erishiladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab 
chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi. 
 Iqtisodiy o’sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyos-
larini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: 
yanada unimliroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi 
kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan 
yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb 
etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot 
miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Real hayotda iqtisodiy o‘sishga ekstensiv va intensiv omillar sof holda 
emas, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda ta‘sir ko‘rsatadi. 
Shu sababli ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari ajratiladi. 
Iqtisodiy o‘sish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lganligi sababli uni 
baholash uchun qandaydir bitta ko‘rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan 
ko‘rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar tizimida jismoniy va qiymat 
ifodasidagi ko‘rsatkichlar farqlanadi. 
Iqtisodiy o’sishning jismoniy ko’rsatkichlari ancha aniq natija beradi, 
(chunki ular inflyatsiya ta‘siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o‘sish 
sur‘atlarini hisoblashda har xil ne‘matlar ishlab chiqarishni umumiy ko‘rsatkichga 
61
Ўша жойда 13-бет 


312 
keltirish qiyin). Qiymat ko‘rsatkichlar keng qo‘llaniladi, ammo har doim ham uni 
inflyatsiyadan to‘liq «tozalash» mumkin bo‘lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy 
o‘sish sur‘atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling