Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
-chizma. Real mahsulot o’sishini aniqlab beruvchi omillar
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
21.1-chizma. Real mahsulot o’sishini aniqlab beruvchi omillar
315 Respublika oldida texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qo‘llash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi. Mehnat unumdorligining o‘sishini aniqlab beruvchi muhim omil har bir ishlovchiga to‘g‘ri keluvchi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma‘lum vaqt ichida, kapitalning hajmi mutloq ko‘payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o‘ssa, mehnat unumdorligi pasayadi, chunki har bir xodimning asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi. Ta‘lim va malakali tayyorgarlik, mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha yuqori ish haqiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investitsiyalar qo‘yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisob- lanadi. Iqtisodiy o‘sish mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlari darajasiga ham bog‘liq. Tabiiy, mehnat resurslari va asosiy kapitalning mavjud darajasida ishlab chiqariladigan turli tuman mahsulotlar miqdorining o‘zgarishini ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ida ifodalash mumkin. AQShlik iqtisodchi E.Denison har xil (ekstensiv va intensiv) omillarning iqtisodiy o‘sishga miqdoriy ta‘sirini aniqlashga harakat qilgan. 316 AQSh real milliy daromadi o’sishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar (1929-1982yy.) 21.2-jadval Iqtisodiy o’sish omillari Har bir omil salmog’i (%) 1. Mehnat harajatlarining ortishi 32 2. Unumdorlikning o‘sishi 68 3. Texnika taraqqiyoti 28 4. Kapital harajatlari 19 5. Ta‘lim va professional tayyorgarlik 14 6. Ishlab chiqarish miqiyosi taqozo qiladigan tejash 9 7. Resurslarni taqsimlashning yaxshilanishi 8 8. Qonunchilik – muassaviy va boshqa omillar -9 Jami 100 Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni to‘xtatib turuvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiruvchi asosiy omillar quyidagilar: mehnat muhofazasi; atrof muhitning ifloslanishi; ekologik muammolar; ishlovchilar mehnat sharoitini yaxshilash; xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish; tabiiy ofatlar va favqulotda ro‘y beradigan iqtisodiy-siyosiy o‘zgarishlar. Keyingi yillarda Respublikada davlat tomonidan atrof muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur‘atiga so‘zsiz salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli harajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshi- rish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb qilinadi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling