Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Iqtisodiy o’sish modellari. Iqtisodiy taraqqiyotda innovatsiyalarning o’rni


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

3. Iqtisodiy o’sish modellari. Iqtisodiy taraqqiyotda innovatsiyalarning o’rni 
Iqtisodiy o‘sishning barcha modellari «ishlab chiqarish funktsiyasi» kabi 
mahsulotchi qarish hajmi va sarf qilingan iqtisodiy resurslar miqdori o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni ko‘rsatadi. 


317 
Shundan kelib chiqib, iqtisodiy o‘sishning ko‘pchilik modellarida ishlab 
chiqarish real hajmining ko‘payishi ishlab chiqarish asosiy omillari – mehnat (L) 
vakapital (K) miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘lanadi. 
Yalpi talab, yalpi taklif modeli 
E.Domar modeli - Bu model mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud 
bo‘lishi, narx darajasining doimiy taqozo qilishini va mahsulot chiqarish hajmi 
faqat yagona resurs – kapital miqdoriga bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra 
investitsiyalarning o‘sish sur‘ati iqtisodiyotda talab va taklif ko‘payishining asosiy 
omili bo‘lib xizmat qiladi. 
R.F.Xarrod modeli - Bu modelga «tabiiy» o‘sish sur‘ati tushunchasi 
kiritiladi. Bu faol aholi soni ko‘payishi va texnika taraqqiyoti natijasida kelib 
chiqadigan o‘sish sur‘ati bo‘lib, u mehnat va kapital omillarining to‘liq bandligini 
ta‘minlaydi.  
R.Solou modelida - Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro o‘rnini bosish 
mumkinligi hisobga olinadi. Bu modelda iqtisodiy tahlilning asosiy shart-
sharoitlari: kapital keyingi unumdorligining pasayib borishi, ishlab chiqarish 
miqyosidan olinadigan samara va kapital xizmat qilish davrining doimiyligi kabilar 
hisoblanadi. 
Hozirgi globallashuv sharoitida iqtisodiy o‘sish va umuman iqtisodiy 
taraqqiyotning muhim omili innovatsiyalar hisoblanib, u YaIMning miqdoriy 
ortishi va sifatining yaxshilanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Innovatsiya so‘zi (lotincha -innovationem) mazmunan ―o‘zgartirish‖ yoki 
―zamonaviylashtirish‖ degan ma‘noni anglatib, bir tomondan ishlab chiqarish 
jarayonini boshqa tomondan uning pirovard natijasi hisoblangan mahsulotning 
yangilanishini bildiradi.
Avstriya 
iqtisodchisi 
I.Shumpeter 
innovatsiya tushunchasini 
ilmiy 
atamashunoslikka kiritib, unga ―beshta odatiy o‘zgarish‖ sifatida tavsif beradi. 
Bular:
1. yangi mahsulotni joriy qilish;
2. ishlab chiqarishning yangi usullarini qo‘llash; 


318 
3. yangi bozorlarning ochilishi; 
4. xomashyo va yarim fabrikatlar yangi manbalari topilishi; 
5. ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi yangi o‘zgarishlar. 
Shunday ekan innovatsiya, Y.Shumpeter fikricha, ishlab chiqarish 
sharoitlarini yangicha uyg‘unlashtirish. 
Xalqaro standartlarga ko‘ra innovatsiya, innovatsion faoliyatning natijasi 
sifatida aniqlanadi. 
Aytilgan yondashuvlarni umumlashtirib innovatsiyani quyidagi tarkibda 
qayd qilish mumkin: 

innovatsiya – yangi mahsulot va xizmat: 

innovatsiya – ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari va yangi 
texnologik jarayonlar.
Innovatsion jarayon –innovatsiyalarning yaratilishi, o‘zlashtirilishi va 
tarqalish jarayonlaridir. Boshqacha aytganda innovatsion jarayon – bu milliy 
bilimlarning innovatsiyalarga asoslanib borishining uzluksiz amalga oshadigan 
jarayoni.
Innovatsion jarayon o‘z ichiga har doim ikki bosqichni qamrab oladi: 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling