324
Moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi jamiyat
moddiy qimmatliklari
ko‘payishining asosi hisoblanadi. Agar fan-texnika taraqqiyoti yuqori sur‘atlar bilan
rivojlansa madaniyat, san‘at, fan kabi sohalar ham o‘sib va takomillashib boradi.
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng
tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi
qimmatliklarini
ham oladi.
5. Milliy hisoblar tizimida milliy boylikni hisoblashning xususiyatlari
Milliy hisoblar tizimi (MHT) bo‘yicha milliy boylik barcha majburiyatlar
chiqarib tashlangan aktivlar qiymati summasi sifatida aniqlanadi. Aktivlar
miqdorlarga egalik qilish yoki foydalanish natijasida
iqtisodiy naf keltiruvchi
mavjud jamg‘arilgan qiymatlardir. U nomoliyaviy va moliyaviy aktivlarga
ajratiladi. Moliyaviy aktivlar bu kreditorlarning debitorlarga moliyaviy talablari
sifatida chiqadi, uning vujudga kelishi debitorlarda tegishli
majburiyatlar paydo
bo‘lganligini anglatadi.
Bu ma‘lumotlar hisoblarning ikki turi: aktiv va passiv balansi hamda aktivlar
hisobida aks etadi. Aktivlar va passivlar balansida aktivlar va majburiyatlarning
barcha turlari ko‘rsatilib, ular asosida milliy boylik aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: