Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- .Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar.
- Tarmoqlararo mutanosibliklar.
- .Tarmoq ichidagi mutanosibliklar.
- Hududiy mutanosibliklar.
- Davlatlararo mutanosibliklar.
3.
Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida mutanosiblik bo‘lishini taqozo qiladi. Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor va sifat ko‘rsatkichlarda ifodalangan ma‘lum nisbatlarning bo‘lishidir. Makroiqtisodiy jarayon g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali bo‘lishi sababli mutanosiblik turlari ham xilma-xildir. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin. 1.Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga YaIM va milliy daromad tarkibiy qismlar; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar miqdori bilan pul massasi o‘rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutano- sibliklarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 2.Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotda muvozanatlikni ta‘minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o‘rin tutadi. Mamlakat iqtisodiyoti juda ko‘p tarmoq va sohalardan iborat bo‘lib, ularning rivojlanishi bir-biri bilan bog‘liq. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste‘mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantiriladi. Masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ko‘pgina qismi (paxta, g‘alla, pilla, sut va shu kabilar) sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi. O‘z navbatida sanoatda yaratilgan ishlab chiqarish vositalari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qishloq xo‘jaligi, qurilish va shu kabilarda unumli iste‘mol qilinadi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosibliklar misol bo‘ladi. 3.Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik ular ichidagi tarkibiy qismlar mutanosibligi orqali ta‘minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste‘mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, o‘rtasidagi mutanosibliklar. Shu bilan birga ta‘kidlab o‘tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy 334 tuzilmalar o‘rtasida ham bog‘liqlik bo‘lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, o‘rtasidagi mutanosiblik. 4. Hududiy mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar o‘rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to‘liq namoyon bo‘lmaydi. Lekin alohida hududiy bo‘linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklar) ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog‘liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai nazaridan qaralsa, bu bog‘liqlikning ahamiyati yaqqol ko‘rinadi. 5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog‘langan, ikkinchidan, shu bog‘liqlik orqali milliy ishlab chiqarish natijalari bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o‘z iste‘molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog‘liqlik qanchalik katta bo‘lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rivojini ta‘minlab borishdan quyidagilar ko‘zda tutiladi: Mamlakatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda jamiyatning ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish. To‘liq bandlilikka erishish, ya‘ni mehnat qilishga layoqatli bo‘lgan va ishlashni xohlaganlarni to‘liq va samarali ish bilan ta‘minlash. Narxning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta‘siridan xoli qilish. Iqtisodiyotning bir maromda o‘sib borishini yetarli darajada investitsiya bilan ta‘minlash va muomaladagi pul massasiga bog‘lab borish. Eksport va importni muvofiqlashtirish asosida ijobiy tashqi savdo balansiga erishish. 335 Bu maqsadlar faqatgina ularga intilish bo‘lib, bunga erishish muqarrar ekanligini bildirmaydi. Chunki mutloq muvozanatga erishish mumkin emas, u buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy rivojlanish tsiklik ro‘y beradi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling