Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Iste’molchilik sarflari – bu aholi joriy daromadlarining iste‘mol ne‘matlari 
va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismidir. Iste‘molchilik sarflari mamlakatning 
iqtisodiy taraqqiyot darajasiga bog‘liq bo‘lib, unga xududiy demografik omillar, 


291 
aholining yosh va jins tarkibi, urf -odat va an‘analari, tabiiy-iqlim sharoitlari 
kabilar ta‘sir ko‘rsatadi. 
Daromadlarning iste‘mol sarflaridan qolgan qismidan turli majburiy 
to‘lovlar chegirib tashlangandan keyin jamg‘arma maqsadlarida foydalaniladi.
Jamg’arma – bu uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi joriy daromadlarining foizli 
daromad olish va kelajakdagi iste‘molini qondirish maqsadida to‘planib 
(jamg‘arilib) boriladigan qismidir. 
Jamg’armani amalga oshirishdan ko’zlangan maqsadlar 

foiz shaklida daromad olish; 

uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho iste‘mol tovarlari (uy-joylar, 
avtomashina va boshqa zebu-ziynat buyumlari) sotib olish; 

kasallik, ishsizlik va baxtsiz hodisalar kabi oldindan bilib bo‘lmaydigan 
holatlardan iqtisodiy himoyalanish; 

qarilik davrini moddiy ta‘minlash; 

farzandlarining kelajagini ta‘minlash; 

kelajakda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarni 
qondirish. 
Iste’mol va jamg’arma shaxsiy daromadning tarkibiy qismlarini tashkil 
qilishi sababli ular darajasini belgilab beruvchiumumiy omillar mavjud 
bo’ladi. Bular quyidagilar: 

shaxsiy daromad hajmi; 

uy xo‘jaliklari jamg‘argan boylik miqdori; 

narxlar darajasi; 

narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi o‘zgarishi kutilishi

iste‘molchi qarzlari miqdori; 

soliqlar darajasi; 
Jamg‘arma hajmi uy xo‘jaliklari daromadidan iste‘molchilik sarflarini ayirib 
tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromadda iste‘molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa 
jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa sof ma‘noda 


292 
mablag‘larning iste‘mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga 
yo‘naltirilishini bildiradi.
Iste‘mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling