291
aholining
yosh va jins tarkibi, urf
-odat va an‘analari, tabiiy-iqlim sharoitlari
kabilar ta‘sir ko‘rsatadi.
Daromadlarning iste‘mol sarflaridan qolgan
qismidan turli majburiy
to‘lovlar chegirib tashlangandan keyin jamg‘arma maqsadlarida foydalaniladi.
Jamg’arma – bu uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi joriy daromadlarining foizli
daromad olish va kelajakdagi iste‘molini qondirish maqsadida to‘planib
(jamg‘arilib) boriladigan qismidir.
Jamg’armani amalga oshirishdan ko’zlangan maqsadlar
foiz shaklida daromad olish;
uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho iste‘mol tovarlari (uy-joylar,
avtomashina va boshqa zebu-ziynat buyumlari) sotib olish;
kasallik, ishsizlik va baxtsiz hodisalar kabi oldindan bilib bo‘lmaydigan
holatlardan iqtisodiy himoyalanish;
qarilik davrini moddiy ta‘minlash;
farzandlarining kelajagini ta‘minlash;
kelajakda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
turli-tuman ehtiyojlarni
qondirish.
Iste’mol va jamg’arma shaxsiy daromadning tarkibiy qismlarini tashkil
qilishi sababli ular darajasini belgilab beruvchiumumiy omillar mavjud
bo’ladi. Bular quyidagilar:
shaxsiy daromad hajmi;
uy xo‘jaliklari jamg‘argan boylik miqdori;
narxlar darajasi;
narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi o‘zgarishi
kutilishi;
iste‘molchi qarzlari miqdori;
soliqlar darajasi;
Jamg‘arma hajmi uy xo‘jaliklari daromadidan iste‘molchilik sarflarini ayirib
tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromadda iste‘molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa
jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa sof ma‘noda
292
mablag‘larning iste‘mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga
yo‘naltirilishini bildiradi.
Iste‘mol va jamg‘arma darajasini
aniqlab beruvchi asosiy omil milliy
Do'stlaringiz bilan baham: