Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


-chizma. “Milliy daromad-yalpi sarflar”


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

18.4-chizma. “Milliy daromad-yalpi sarflar” (Dj. Keyns muvozanatli) modeli 


285 
Dj.M. Keyns kishilar tasarrufidagi pul daromadi o‘sib borishi bilan 
iste‘molga keyingi moyillik tushib borish qoidasini ochib berdi. Bu daromadlar 
ortib borishi bilan jamg‘arma ulushi o‘sib borishini anglatadi. Agar olingan barcha 
daromad to‘liq sarflansa talab va taklif chiziqlari o‘zaro mos tushgan bo‘lardi. 
Keyns fikricha, rivojlangan bozor iqtisodiyotida monopoliyalar mavjudligi
ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida uzoq muddatli shartnomalar amal qilishi, kasaba 
uyushmalarining ish haqi stavkasi barqaror bo‘lishiga harakatlari tufayli narx 
mexanizmi ishlamaydi. Shu sababli, narx emas sotish hajmi kamayadi va bu ishlab 
chiqarish hajmi qisqarishiga olib keladi. Mazkur qisqarish yuqori narxlar va 
ishsizlikning o‘sishi saqlanib qolganda ro‘y beradi. Demak, tadbirkorlar yalpi 
talabning narx va ish haqi pasayishi hisobiga emas, ishlab chiqarish hajmi 
qisqarishi va band bo‘lganlar bir qismining bo‘shatilishi hisobiga kamayishiga 
e‘tibor qaratadi. Shu tariqa, makroiqtisodiy muvozanatlik tiklanadi, biroq bunda 
ishsizlar saqlanib qoladi. 
Yalpi talabning tarkibiy qismlaridan biri investitsiyalar hisoblanadi. Keyns 
fikricha, investitsiyalar hajmining 100 birlikka kamayishi daromadlarining 400, 
500 va undan ko‘p birlikka qisqarishiga olib kelishi mumkin va aksincha. 
Bunday holat iqtisodiy fanda multiplikator samarasi yoki ko‘paytiruvchi 
samara nomini olgan. 
Multiplikator samarasi asosida bir kishining sarflari tezlikda boshqalarning 
daromadi bo‘lib qolish mumkinligi g‘oyasi yotadi. 
Mulkdorlar o‘z daromadlarining bir qismini sarflaydi, boshqa qismni 
jamg‘aradi. Daromadni sarflab, ular o‘z pullarini ishlab chiqaruvchilarga uzatadi. 
Yalpi sarflarning bir qismidagi o‘zgarish milliy daromadning muvozanatli darajasi 
ko‘paytirilgan (multiplikativ) yo‘nalishida o‘zgarishiga olib keladi. Boshqacha 
aytganda iqtisodiyotga ―tashlangan‖ investitsiyalar milliy daromadning o‘sishi 
shaklidagi zanjirli reaktsiyasini keltirib chiqaradi. 
Multiplikator – daromadning o‘sishi va mazkur o‘sishni vujudga keltirgan 
investitsiyalar hajmi ortishi o‘rtasidagi nisbatni ifodalovchi koeffitsientdir. 


286 
Keynsning 
nazariy 
qarashlari 
mazmunan 
davlat 
makrodarajada 
barqarorlashtiruvchi siyosat yuritish zarur degan amaliy xulosa chiqarishga olib 
keladi. 
Bunda davlatning vazifasi, mos keluvchi siyosat yordamida muvozanatli 
darajani to‘liq bandlik darajasiga ―ko‘chirish‖dan iborat. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling