Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
Tayanch tushunchalar 
Yalpi talab - bu barcha iste‘molchilar, ya‘ni aholi, korxonalar va davlat 
narxlarining o‘rtacha darajasida sotib olishi mumkin bo‘lgan tovarlar va 
xizmatlarning umumiy hajmini yoki milliy iqtisodiyotdagi yalpi sarflar miqdorini 
bildiradi. 
Yalpi taklif - narxlarning mavjud darajasida sotishga chiqariladigan 
pirovard tovarlar va xizmatlar miqdori yoki milliy ishlab chiqarishning real 
hajmidir.
Xrapovikli samara - yalpi talab oshganda narxning o‘rtacha darajasi 
ko‘tarilishi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narx pasayish tamoyiliga ega 
bo‘lmasligini ko‘rsatadi. 
Unumdorlik - bu milliy ishlab chiqarish real hajmining foydalanilgan 
resurslar miqdoriga yoki harajat birligiga to‘g‘ri keladigan nisbiy miqdori.
Muxokama uchun savollar 
1. Yalpi talab va yalpi taklifni tahlil qilish nima uchun zarur? 
2. Yalpi talab qanday tushuncha? Nima uchun yalpi talab egri chizig‘i 
o‘zgaradi? Yalpi talabga qanday omillar ta‘sir ko‘rsatadi? 
3. Yalpi taklif tushunchasini izohlang? Yalpi taklif egri chizig‘idagi uchta 
kesmani tasvirlang va ular nimani ko‘rsatishini tushuntiring?
4. Yalpi taklifga qanday omillar ta‘sir ko‘rsatadi? 
 
 


290 
XIX BOB. ISTE’MOL VA JAMG’ARMA 
 
1. Iste’mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda omillari. 
2. Iste’mol va jamg’armaning ko’rsatkichlari hamda uning darajasini 
belgilovchi omillar. 
3. Iqtisodiy jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi. 
 
1. 
Iste’mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda omillari 
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, iste‘mol va 
iqtisodiy jamg‘arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste‘mol keng ma‘noda jamiyat 
iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan 
hamda iqtisodiy resurslardan foydalanishni, uning iste‘mol qilinishini bildiradi. 
Bunda unumli, shaxsiy va ijtimoiy iste’mol farqlanadi.
Unumli iste‘mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lib, iqtisodiy 
resurslari, ya‘ni ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste‘mol 
qilinishini, ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste‘mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda 
iste‘mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi yoki ular to‘liq iste‘mol qilinadi.
Ayni vaqtda individual yoki jamoa iste‘moli tushunchalari ham farqlanadi. 
Alohida oila yoki uning a‘zolari ixtiyorida bo‘lgan iqtisodiy ne‘matlarni iste‘mol 
qilish individual iste‘molga, jamiyat a‘zolarining birgalikda tovar va xizmatlardan 
foydalanishi ijtimoiy iste‘molni anglatadi.
Unumli iste‘mol iqtisodiy resurslarga sarf-xarajatlar qilish orqali, ijtimoiy 
iste‘mol ijtimoiy sohalarni davlat tomonidan moliyalashtirish yo‘li bilan ro‘yobga 
chiqariladi. 
Uning shaxsiy daromad shaklida xodimlar qo‘liga kelib tushadigan qismi 
iste‘molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling