Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy sohalardagi jam
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
Ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy sohalardagi jamg‘arish bir-biridan
farqlanadi. Jamg‘arilgan mablag‘larning iqtisodiyot real sektori asosiy kapitallari va aylanma mablag‘larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arishni hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning muhim omilidir. Ijtimoiy - madaniy sohadagi jamg‘arish uy-joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport muassasalari, ya‘ni ijtimoiy soha tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Mazkur sohalarni kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir. Jamg‘arishning hajmi va tarkibi iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini belgilab berishda hal qiluvchi omildir. Jamg‘arish normasi jamg‘arish fondining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: JN = JF/MD x 100, Bu yerda, JN-jamg‘arish normasi, JF-jamg‘arish fondi, MD-milliy daromad. Jamg‘arish normasining ham o‘z chegarasi bo‘lib, uni oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag‘lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o‘rtasida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Mablag‘larning sochilib ketishi natijasida ob‘ektlarni barpo etish muddatlarining cho‘zilib ketish xavfi oshadi, oqibatda ular qimmatlashadi, barpo etish jarayonidayoq ma’naviy jihatdan eskiradi, tugallanmagan qurilishlar ko‘payadi. Oqibatda iqtisodiy o’sish sur’atlari pasayib ketish tamoyiliga ega bo’ladi. 296 Shunday qilib, jamg‘arish iqtisodiy o‘sish sur‘atlari va sifatiga faqat o‘zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta‘sir ko‘rsatib qolmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o‘ringa chiqadi. Jamg‘arish milliy daromadning bir qismi hisobiga amalga oshadi va shu sababli uning hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar, jamg‘arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiylari mavjud texnologiya qo‘llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg‘arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xomashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog‘liq. Mahsulot birligiga ular sarfini kamaytirish moddiy vositalarning muayyan miqdorida mahsulotlarni ko‘proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi. Jamg‘arishning miqdori milliy daromaddagi jamg‘arish va iste‘mol mablag‘lari o‘rtasidagi nisbatga ham bog‘liq bo‘ladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling