297
Iste’molga keyingi moyillik – shaxsiy daromad o‘sgan qismining iste‘mol
qilinadigan qismi ulushi.
Jamg’armaga keyingi moyillik – shaxsiy daromad o‘sgan
qismining
jamg‘armaga ketadigan hissasi.
Iqtisodiy jamg’arish – milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma
kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko‘paytirish uchun foydalanish.
Jamg’arish normasi – jamg‘arish fondining milliy
daromadga nisbatining
foizdagi ifodasi.
Muhokama uchun savollar:
Iste‘mol, jamg‘arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha
ta‘riflang.
Iste‘mol va jamg‘armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarni sanab
ko‘rsating.
Jamg‘arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta‘sir
ko‘rsatadi?
Iste‘molga va jamg‘armaga o‘rtacha moyillik deganda nimani
tushunasiz? Iste‘mol va jamg‘armaga keyingi moyillik qanday aniqlanadi?
Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi?
Ularning qisqacha tavsiflab bering.