Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Global iqtisodiy siyosat
Tashqi iqtisodiy siyosat davlatning o‘zaro foydali tashqi iqtisodiy
aloqalarini rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi bilan integratsiya- lashuvini ta‘minlashga qaratiladi. Bu siyosatga binoan eksport va import, chetga kapital chiqarish va chetdan kapital kiritish, ish kuchi migratsiyasini tartibga solishga doir tadbirlar amalga oshiriladi. Mazkur siyosatda bojxona to‘lovlari, eksport-import litsenziyalari va kvotalari kabi vositalar qo‘llaniladi. Eksportni ko‘- paytirish zarur bo‘lsa unga litsenziyalar beriladi, eksport kvotasi oshiriladi. 432 Importni qisqartirish ma‘qul bo‘lsa, uning kvotasi kamaytiriladi, import uchun boj to‘lovi oshiriladi, unga litsenziya berish chegaralanadi. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati kapital chiqarish va kapital kiritish tartibini ham belgilaydi. Kapital kiritish zarur bo‘lsa, u rag‘batlantiriladi. Kapital chiqishi ma‘qul bo‘lsa davlat bunga turli imtiyozlar orqali sharoit yaratib beradi. Davlat chetga ish kuchini chiqarishni ham tartibga soladi. Bordi-yu, mamlakatga arzon ish kuchi kerak bo‘lsa, uning chetdan kirib kelishi uchun migratsiya qoidalari (chegaradan o‘tish, yashash va ishlash uchun ruxsat olish va h.k.) engillashtiriladi. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatida xalqaro iqtisodiy tashqilotlar bilan hamkorlik qilish ham ko‘zda tutiladi. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining samaradorligi iqtisodiy o‘sish sur‘atlari, inflyatsiya darajasi, eksport va import holati, tashqi qarz miqdori, savdo va to‘lov balansi holati kabi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi. Global iqtisodiy siyosat iqtisodiy resurslar, yaratilgan tovar va xizmatlarni dunyo mamlakatlari o‘rtasida taqsimlab, ulardan samarali foydalanishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu siyosatda chetga kapitalni investitsiya sifatida chiqarib, uni ser- foyda soxalarga joylashtirish uchun o‘zaro kelishilgan soliqlar, bank foizlari, boj to‘lovlari, kvotalar kabi dastaklardan foydalaniladi. Tovarlarning qimmatlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun eksport soliqlar bilan cheklanib, ularning importiga soliq belgilanmaydi. Bu ikki-tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish deb yuritiladi. Xalqaro savdo-sotiqda o‘zaro kelishilgan engillashtirilgan bojxona to‘lovlari qo‘llaniladi. Jumladan, xalqaro savdo tashkiloti a‘zolari o‘zaro savdo qilganda, mazkur to‘lovlari tovar qiymatining 10 foizidan oshmasligi kerak. Xalqaro kredit berish tartibi ham birgalikda belgilanadi. Bunga ko‘ra kredit kvo- talari, uni berish muddati va kredit uchun foiz stavkasi o‘rnatiladi. Xalqaro kreditda kelishilgan foiz stavkasi libor deb yuritiladi. Liborni yirik London banklari o‘rnatadi, boshqa xalqaro banklar shunga qarab o‘z foizlarini belgilaydilar. Xalqaro kredit siyosatini yirik kreditor — qarz beruvchi mamlakatlar banklari amalga oshiradi. Bular Parij va London qarz beruvchilar klubini tashkil 433 etadi. Bu kredit siyosati kimga va qancha qarz berishni, qanday qarzlarni kechib yuborishni, qaysilarining to‘lash muddatini cho‘zishni belgilab beradi. Yirik xalqaro korporatsiyalar davlat ishtirokida eksport va import kvotalari o‘rnatadilar. Bularga binoan qaerga qancha tovarni eksport va import qilish, hamda uning tartibi aniqlab beriladi. Integratsion ittifoqlarga kirgan mamlakatlarda, masalan, Evropa ittifoqida, davlatlararo eksport va import uchun qulay sharoit yaratib beriladi, bunda ayrim mamlakatlar tovarlarini diskriminatsiya qilish, ya‘ni kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Global iqtisodiy siyosatni transmilliy, ya‘ni xalqaro korporatsiya va tashkilotlar, etakchi davlatlar hukumati, davlatlararo muassasalar va parlament belgilaydi. Bunga misol qilib Evroparlament, Evropa ministrlar kengashi qo‘llaydigan siyosatni olish mumkin. Bu siyosatda o‘zaro va boshqalar bilan bo‘ladigan iqtisodiy aloqalarning qaysi yo‘nalishda va qanday tartibda bo‘lishi ko‘rsatiladi. Global siyosat umuman yoki ayrim sohalarga tatbiqan qo‘llaniladi. Transmilliy korporatsiyalar faqat o‘z faoliyati doirasidagi xalqaro siyosatni belgi- laydi. Masalan, OPEK tashkiloti neftni qazib olish va qayta ishlash kvotalarini, uning narxini o‘z siyosatiga binoan belgilaydi. Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Evropa Tiklanish va Tarraqiyot banki, Osiyo Rivojlanish banki kabi xalqaro institutlar valyuta rejimini mustahkamlash, kreditni rivojlantirishga qaratilgan siyosatni qo‘llaydilar. Ular milliy valyuta kursini barqarorlashtirish va uning tahlikasini kamaytirish uchun, milliy iqtisodiyotni rivojlantirib eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kredit siyosatini qo‘llab quvvatlaydi. Global iqtisodiy siyosat davlatlararo ishchi kuchi migratsiyasiga ham taalluqlidir. Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solish uchun unga oid xalqaro qoidalar ishlab chiqiladi. Turli mamlakat hukumati va parlamentlari belgilagan migratsiya qoidalari bir-biriga yaqin turadi. Migratsiya oqimini nazorat qilish tar- tibi ham kelishiladi, migratsiyaga oid o‘zaro axborot almashlab turiladi. Global siyosat tabiiy ravishda globallashuv jarayonining afzalliklaridan foydalanish, uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling