Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Davlat iqtisodiy siyosatining maqsadi, asosiy yo’nalishlari va tartibga solish
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
3.
Davlat iqtisodiy siyosatining maqsadi, asosiy yo’nalishlari va tartibga solish dastaklari Davlatning iqtisodiy siyosati — bu iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, bandlikni ta‘minlash va inflyatsiyani oldini olish orqali aholi farovonligini oshirib borishga qaratilgan chora-tadbirlaridir. Davlatning iqtisodiy siyosati har doim mamlakat iqtisodiy rivojlanishining ichki va tashqi sharoitlarini hisobga oladi. Bular eng avvalo mamlakat iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy kon‘yunkturaning milliy iqtisodiyotga ta‘siri, undan kutilayotgan o‘zgarishlar, mamlakat zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlar, milliy iqtisodiyotning resurslar bilan ta‘minlanish darajasi kabilar shular jumlasidandir. Davlatning iqtisodiy siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda ma‘lum maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar: 426 1. Barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Bu yalpi ichki maxsulotning bir maromda va etarli sur‘atlar bilan o‘sishiga sharoit hozirlash zarurligini bildiradi. 2. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini mustahkamlash. 3. Iqtisodiy xavfsizlikni kafolatlash. 4. Milliy pul barqarorligini ta‘minlash. Bu mamlakatdagi pul muomalasining me‘yorida borishiga erishish, uni iqtisodiy aloqalarning barqaror vositasiga aylantirish imkonini beradi. 5. Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib borish. Bu iqtisodiyotning ijtimoiyligini to‘laroq yuzaga chiqarishga ko‘maklashadi. 6. Milliy xo‘jalikning xalqaro integratsion jarayonlarda faol ishtirok etishga erishish. Bu mamlakatning jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rnini topishi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning teng xuquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishishga sharoit yaratadi. Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya‘ni uzoq davrga muljallangan maqsadi hisoblanadi. Davlat strategik maqsadlardan kelib chiqib qisqa davrdagi vazifalarini belgilaydi. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narx- larning barqarorligini ta‘minlash, investitsion faollikni rag‘batlantirish, eksport salohiyatini oshirish, innovatsion rivojlanishni ta‘minlash, yangi tashqi bozorlarga kirib borish kabilar kiradi. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: bevosita ta‘sir qilish usullari; bilvosita ta‘sir qilish usullari; tashqi iqtisodiy usullar. Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta‘sir qilish usullari ustun bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog‘langan. 427 Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma‘muriy vositalardan foydalaniladi. Ma‘muriy vositalar davlat xokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Tartibga solishning ma‘muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solish ko‘zda tutiladi. Ayniqsa, ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqti- sodiyotga bilvosita ta‘sir qilish tadbirlari kam samarali bo‘lib, ma‘muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko‘rsatish mumkin: a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari ( transport, aloqa, atom va elektr- energetika, kommunal xizmat va boshqalar)ni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o‘ziga qarashli korxona va tashkilotchilar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi, ma‘lum doirada amal qilib, ko‘pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo‘lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma‘lum sharoitlarda iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan, vaqt o‘tishi bilan samarasiz bo‘lib qolishi ham mumkin. Respublikada ―Iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa davlatning funktsiyalarini qisqartirish uning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga birinchi galda xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash 84 ‖ hisoblanadi; b) narxlar va ish haqini qotirib qo‘yish siyosati: Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma‘lum doira bilan cheklanadi. v) ish bilan bandlilik xizmati faoliyati (mehnat birjalari) ni tashkil qilish: davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta‘minlanmaganlarga nafaqa be- radi, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi; g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik 84 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т.: ―Янги асар авлоди‖, 2001 йил.62-бет. 428 to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar.) Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. IDTTSda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol o‘ynaydi. U jamg‘arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy tsikl va bandlikka ta‘sir ko‘rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo‘yilmalari ham roli muhim. Jumladan, bozor kon‘yukturasi yomonlashgan, turg‘unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy kapital qo‘yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o‘sadi. Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o‘sishiga qarshi turishga harakat qiladi. Bulardan tashqari davlat kapital qo‘yilmalari ilmiy-tadqiqot ishlarida, kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga kapital chiqarishda ham katta rol o‘ynaydi. IDTTSning ancha qamrovli shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli, favqulodli va maqsadli bo‘lishi mumkin. O‘rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favqulodli dasturlar tig‘iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyatsiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘ladi. IDTTS tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga bevosita ta‘sir ko‘rsatiladi. Tovarlar, hizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag‘batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to‘lovlarini o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga 429 chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo‘yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, halqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir. Shunday qilib, IDTTSning qarab chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Davlat o‘zining iqtisodiy siyosatini tartibga solishning turli vositalari yorda- mida amalga oshiradi. Bular birinchidan, tartibga solishning iqtisodiy vositalar bo‘lib, ularga soliqlar, subsidiyalar, hisob stavkalari, davlat buyurtmalari, investitsiyalar va transfertlar, turli iqtisodiy sanktsiyalar kiradi. Ikkinchisi, huquqiy vositalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va qoidalarini, uning davlat tomonidan rag‘batlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos ravishdagi qonun osti hujjatlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan iboratdir. Uchinchisi, ma‘muriy vositalar. Ma‘muriy vositalar qo‘shimcha hisoblanib, u bozor tizimida yaxshi natija bermaganida cheklangan holda qo‘llaniladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling