Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqida turli xil
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqida turli xil nazariya va qarashlar Kishilik jamiyatining ilk davrlaridanoq davlatning iqtisodiyotga aralashuvi muammosi paydo bo‘lgan. Qadimgi Bobilda qabul qilingan Eshnunn va Xammurapi qonunlari bunga misol bo‘la oladi. Buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davrida G‘arbiy Evropa mamlakatlarining mustamlakalarni bosib olish siyosati ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvini taqozo qilgan. Chunki bunda, birinchidan, mustamlaka axolisini itoatda ushlab tu- rish; ikkinchidan, mustamlakalarni boshqa davlatlardan himoya qilish zarurati paydo bo‘lgan. XX asr boshlarida, ko‘plab mamlakatlar birinchi jahon urushining ishtirokchilari bo‘lganligi sababli, davlat iqtisodiyotni boshqarish bo‘yicha bir qator vazifalarni o‘z zimmasiga olgan. U resurslar va ishchi kuchini taqsimlagan, yirik monopolistlarga mamlakat uchun zarur bo‘lgan ko‘plab zaruriy tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmalar bergan. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi asosan 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozidan keyin kuchaygan.U iqtisodiyotga ta‘sir ko‘rsatishning har xil usullarini qo‘llab, tsiklga qarshi tartibga solishni amalga oshirgan. Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) nomli kitobida 419 bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga solish zarurligi ta‘kidlab o‘tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste‘molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga rag‘bat- lantiradi. A.Smitning "Tinch qo‘yish" nazariyasi, 1929 - 1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qilishini ko‘rsatdi. Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Dj. M.Keynsning «Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyalari» nomli kitobida o‘z aksini topdi (1936). U davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta‘minlashi zarurligini isbotlaydi. Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo‘lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolining yanada ko‘proq oshib borish holati ro‘y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat tsiklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni ta‘minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tan olinadi. XX asrning 70-yillariga kelib, iqtisodiy qarashlarning monetarizm va uning «reygonomika», «tetcherizm» kabi ko‘rinishlarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash g‘oyasi ilgari surildi. Lekin bozorning o‘z-o‘zini boshqarishdagi kamchiliklari natijasida 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi bu muammoga boshqacha ko‘z bilan qarashga majbur qildi. Angliyaning London shahrida 2008 yilning 2 aprelida bo‘lib o‘tgan jahonning eng 420 rivojlangan 20 ta mamlakati rahbarlarining sammitida ham davlat iqtisodiyotga aralashuvi zarur degan fikr o‘z tasdig‘ini topdi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling