Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

1x100 
m = 
r+s 
Agar naqd pulga aylangan miqdor 30%ni tashkil qiladi deb faraz qilsak, u 
holda pul multiplikatori =1x100:(20+30) =2 ga teng bo‘ladi. 
Demak, har bir so‘m qo‘shimcha depozitlar oldingiga o‘xshab 5 emas, balki 2 
so‘m yangi kredit pulni hosil qiladi. 
Moliyaviy sarosimalik – bu mijozlar omonatiga qo‘ygan pullarni bir 
vaqtning o‘zida olishga urinishlari, banklarda esa talab qilingan miqdorda pulning 
yo‘qligi sababli ularning sarosimaga tushib qolishidir. Bu nafaqat banklar balki 
ular bilan bog‘liq kompaniyalarning ham bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Biroq moliyaviy sarosimalik har doim ham yuz beravermaydi. Chunki 
mijozlar omonatlari, bank depozitlari tegishli tartibda sug‘urtalanadi.
Umuman olganda bank tizimida moliyaviy xatarlarni sug‘urtalash butun bir 
tizimi mavjudki, bu moliyaviy sarosimalikning oldini olishni kafolatlaydi.
 
Tayanch tushunchalar 
Pul muomalasi – tovarlar aylanishiga hamda notovar tavsifidagi to‘lovlar 
va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan aktivlarning 
harakati. 
Pul bozori– moliyaviy bozorning tarkibiy qismi bo‘lib, unda pul va unga 
tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar harakati ularga bo‘lgan talab va taklif ta‘sirida 
uyg‘unlashtiriladi. 
Kredit – bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va 
ularni takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qarzga berish. 
Tijorat kreditibu korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik 
sub‘ektlarining bir-biriga beradigan qarzlari. 


417 
Bank krediti – bank muassasalari tomonidan har qanday xo‘jalik 
sub‘ektlari (tadbirkorlar, korxonalar, tashkilotlar va boshqalar)ga pul shaklida – 
ssuda tarzida beriladi. 
Ipoteka krediti – ko‘chmas mulk (er, bino, uy-joy kabilar)ni garovga 
qo‘yish hisobiga beriladigan kredit.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling