Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uy-joy qurilish banki
Tijorat banklari to‘la mustaqil, lekin ular real jalb qilgan resurslari
miqyosidagina kredit bera oladi. Ixtisoslashgan tijorat banklar alohida sohalarda kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi. Jumladan, investitsiya banklari iqtisodiyotning turli tarmoqlarini eng avvalo sanoat, savdo, transportni uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi, qimmatli qog‘oz chiqaradi va ularni investorlar o‘rtasida joylashtiradi. Uy-joy qurilish banki aholining uy-joy qurilishini moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Ipoteka bank ko‘chmas mulkni garovga olib, uzoq muddatli kreditlar beradi. Innovatsiya banki ilmiy texnikaviy loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni kreditlaydi. Shunga o‘xshash boshqa maxsus banklar ham u yoki bu ixtisoslashgan xizmat turini ko‘rsatadi. Tijorat va maxsus banklar faoliyatini, Markaziy bank nazorat qiladi. Respublikada ―bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash 81 ‖ga qaratilishi lozim. Kredit tizimida maxsus moliya-kredit muassasalari alohida o‘ziga xos mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Ko‘rsatilgan xizmati bir, ikki turda bo‘lib, ko‘pincha maxsus tavsifga ega bo‘ladi. Maxsus moliya-kredit institutlariga ikki tomonlama nazorat xos. Bir tomondan qarz berish, hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish tufayli Markaziy bank talablariga bo‘ysunadi. Ayrim paytlarda ular xalqaro muassasalar tomonidan qabul qilingan normativ xujjatlar asosida ish ko‘radilar. Moliya kredit istitutlarining o‘ziga xos turi pochta-jamg‘arma muassasalaridir. U mayda omonatchilarni jalb qilib mijozlarga pochta bo‘limlari orqali xizmat ko‘rsatiladi. Keyingi paytlarda pochta-jamg‘arma muassasalari orqali kredit-hisob operatsiyalarini amalga oshirish kengayib bormoqda. 81 Мирзиѐев Ш.М.. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. www.lex.uz 412 Maxsus moliya-kredit muassasalari tizimida lizing, faktoring firmalari odatda lizing va faktoring operatsiyalarni amalga oshiradi. Faktoring firmalari mijozlarining boshqalarga bergan qarzlarini undirishni o‘z zimmasiga oladi va shu qarz ustidan ularga universal moliya xizmati ko‘rsatadi. Konfentsial faktoringda esa ayrim operatsiyalar, jumladan qarzni to‘lash, pul olish xuquqlari chegaralangan bo‘ladi. Lizing firmalari investitsion tovarlarni ijaraga berish bilan shug‘ullanadi. Lizing kompaniyalarda lizing operatsiyalarini o‘tkazish uchun o‘z mablag‘lari etishmaydi shu sababli, ko‘pchilik bunday operatsiyalarda jalb qilingan mablag‘lar keng qo‘llaniladi. Bunda odatda bankning uzoq muddatli kreditlaridan foydalaniladi. Lombardlar ko‘chirib bo‘ladigan mol-mulk evaziga kredit beradi. Ular mol- mulkni saqlash, hamda garovga qo‘yish, belgilangan muddatda qaytarib olinmagan mulkni komission vositachilik asosida sotishni ham amalga oshiradi. Kredit birlashmalari-xususiy shaxslar guruhi yoki mayda kredit muassasalari tomonidan tashkil etiladi. Ular ikki turda bo‘lishi mumkin: Jismoniy shaxslar guruhi tomonidan kasbi yoki hududiy jihatiga qarab, qisqa muddatli iste‘mol krediti berish maqsadida tashkil etiladi. Mustaqil mayda kredit muassasalari ixtiyoriy tarzda birlashuvi tufayli tashkil etiladi. Ularning mablag‘lari paychilik yoki a‘zolik badallari va zayomlar chiqarish bilan shakllanadi. Mazkur muassasalarning asosiy operatsiyalari omonatlarini jalb etish, zayomlar chiqarish, o‘z a‘zolariga qarz berish, veksellarni hisob-kitob qilish, savdo vositachiligi, komission operatsiyalar, maslahat va auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling