Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

25.2-chizma 
Bank iqtisodiy munosabatlarining pulning harakati yuzasidan kelib chiqa-
digan aloqalariga xizmat qiluvchi muassasadir. O‘zbekiston Respublikasining 
―Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida‖gi qonuniga ko‘ra ―Pul mablag‘larini jalb 
qilish hamda ularni qaytarishlik, to‘lashlik va muddatlilik shartlari asosida o‘z 
nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir, bank huquqiy shaxsdir‖. 
Banklar eng avvalo xususiy-tijorat tuzilma sifatida vujudga kelgan. Banklar 
o‘zining rivojlanishi jarayonida uzoq davr va ko‘p bosqichlarni bosib o‘tgan. 
Dastlabki banklar eramizgacha 2300 yilda qadimgi Mesopotamiya davlatida savdo 
sherikchilik ko‘rinishida tashkil etilib, ssudaga pul berish va pul ko‘chirish 
operatsiyalari bilan shug‘ullangan. Lekin haqiqiy banklar rivojlanishi Bobillar 
davlati (miloddan avvalgi 2000-yilning boshlarida janubiy Mesopatamiyada) 
vujudga kelishi bilan bog‘liq. Banklar keyinchalik Afrika, Misr, Rim va Angliyada 
rivojlana boshlagan. 
Davlat banklari XIX asrga kelibgina tashkil topa boshlagan. Frantsiya davlat 
banki 1800 yilda tashkil etilgan, 1816 yil Avstriya, 1825 yili Belgiya milliy banki 
keyinchalik Rus davlat banki, Italiya milliy banki vujudga kelib, tijorat banklari 
bilan birgalikda ish yurita boshlagan. 
O‘zbekistonda bank tizimi Markaziy banki va aktsiyadorlik-tijorat banklardan 
iborat ikki bo‘g‘indan tashkil topgan. Bu tizim tarkiban O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki va uning muassasalari, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xalq 
banki hamda aktsiya, pay asosida tashkil qilingan shuningdek chet el kapitali 
ishtirokidagi tijorat banklari, ularning vakolatxonalaridan iboratdir. 


408 
Markaziy bank mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda 
boshqaradi va davlatning yagona monetar siyosatini amalga oshiradi. 
Markaziy bank davlat banki hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki
birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan 
iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan 
o‘rnatiladi. 
Ikkinchidan, Markaziy bank u ―banklar banki‖ deb ham yuritiladi, tijorat 
banklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit 
beradi.
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi
davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi. 
Markaziy bank bir qator vazifalarni bajaradi. 
Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyotlarini saqlaydi. 
Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin oltin-valyuta ehtiyotlarini saqlash 
vazifasini ham bajaradi. 
Ikkinchidan, cheklarni qayd qilish mexanizmini ta‘minlaydi va banklararo 
hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi. 
Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi. 
To‘rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtiradi va ular ustidan 
nazoratni amalga oshiradi. 
Beshinchidan, xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayriboshlaydi. 
Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish mas‘uliyatini oladi, muomalaga 
milliy valyutani chiqaradi. 
Markaziy bank davlat pul-krediti siyosatini amalga oshiradi. Bunda u: pul 
muomalasini tartibga soladi va kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini belgilaydi. 
Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishda quyidagi 
usullardan foydalaniladi. 

Ochiq bozordagi operatsiyalar; 

Zahira (ehtiyot) me‘yorini o‘zgartirish; 

Hisob stavkalarini o‘zgartirish. 


409 
Ularning har birining o‘zgarishi pul massasining o‘zgarishiga olib keladi, 
ya‘ni mazkur usullar pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan
vositasidir.
Agar markaziy bankka muomaladagi pul massasini ko‘paytirishi zarur bo‘lsa, 
u qimmatli qog‘ozlar bozorida davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib 
olishni boshlaydi. Ma‘lum vaqt o‘tgach, obligatsiyalar sotishdan olingan pullar 
tijorat banklariga cheklar yoki depozitlar shaklida kelib tushadi. Bu mablag‘lardan 
bir qismi ehtiyotga qo‘yilib, qolganlari bank krediti sifatida ishlatiladi. 
Agar Markaziy bank inflyatsiya sharoitida pul massasini ko‘paytirishning 
oldini olishga xarakat qilsa, u davlat qarz majburiyatlarini sotishni boshlaydi. 
Tijorat banklari o‘zlariga foydali tarzda davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini 
sotib oladi va ma‘lum vaqt o‘tgach, to‘lov uchun taqdim etadi. 
Ehtiyot normalari pasayganda banklarning ssuda berish mumkin bo‘lgan 
ortiqcha mablag‘lari ko‘payadi. Aksincha bu norma yuqori bo‘lsa muomaladagi 
pul taklifi kamayishiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Hisob stavkasi orqali Markaziy bank kredit resurslari hajmiga ta‘sir ko‘rsatadi. 
Hisob stavkasi kamayishi bilan tijorat banklari tomonidan Markaziy bank kreditga 
talab o‘sadi, aks holda talab kamayadi. Hisob stavkasini pasaytirish bilan iqtisodiy 
faollik kuchayadi. Sababi pul taklifi o‘sib, qarz olish imkoniyati ortadi.
Markaziy bank iqtisodiy vaziyatga qarab ―arzon‖ yoki ―qimmat‖ pul kredit
siyosatini yuritadi. 
Agar iqtisodiyotda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, ishsizlik 
mavjud bo‘lsa, Markaziy bank ―arzon‖ pul siyosatini yuritadi va kredit olishni 
osonlashtiradi.
Buning uchun davlat ochiq bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarni banklar va 
aholidan sotib oladi, ehtiyot normasini kamaytiradi va hisob stavkasi pasaytiradi. 
Natijada pul taklifi ko‘payadi, foiz stavkasi pasayadi. Bu investitsiyalarning o‘sishi va 
iqtisodiy faollikning kuchayishiga olib keladi. 
Agarda mamlakatda inflyatsiya yuz berayotgan bo‘lsa, ―qimmat‖ pul siyosati 
yuritilishiga to‘g‘ri keladi. Bu siyosat kreditni ―qimmat‖ qilib, uni olishni 


410 
qiyinlashtiradi. Markaziy bank pul taklifini qisqartirish uchun ochiq bozorda 
qimmatli qog‘ozlarini sotadi, ehtiyot normasini oshiradi va hisob stavkasini 
ko‘taradi. 
Pul taklifi qisqarishi natijasida foiz stavkasi ko‘tariladi. Bu o‘z navbatida 
investitsiyalarning qisqarishiga, inflyatsiyani cheklashga olib keladi. Shunday 
qilib, Markaziy bank mamlakat kredit-moliya tizimi orqali butun iqtisodiyotga o‘z 
ta‘sirini ko‘rsatadi. 
Hozirgi davrda o‘zbekistonda Markaziy bankning ―...pul-kredit siyosatini 
yanada takomillashtirish, milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning 
barqarorligini ta‘minlash; erkin konvertatsiyani ta‘minlovchi valyutaga oid muno-
sabatlarni tartibga solish, milliy valyuta kursini shakllantirishda zamonaviy bozor 
mexanizmlarini joriy etish
80
‖ga qaratiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki birinchidan eksport tovarlari ishlab 
chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valyutasida kreditlar beradi. 
Davlat zayomlari va kreditlaridan samarali foydalanishga qaratilgan xizmatlar 
ko‘rsatadi. Ikkinchidan, xalqaro valyuta-kredit bozorlari operatsiyalarida ishtirok 
etadi. Uchinchidan, hukumatlararo bitimlarning to‘lov shartlarini ishlab chiqishda 
qatnashadi va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi. 
Tijorat banklari tizimi rivojiga ikki tamoyil xos: bir tomondan, univer-
sallashuv, ikkinchi tomondan, ixtisoslashuv. Tijorat banklari odatda universal 
tavsifga ega bo‘lib, o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aktsionerlik tipidagi kor-
poratsiyalar hisoblanadi va quyidagi vazifalarni bajaradi: 

Hisob – kitob operatsiyalarini amalga oshirish; 

Kredit operatsiyalarini bajarish; 

Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish; 

Turli xizmatlar ko‘rsatish; 

Banklararo operatsiyalar o‘tkazish; 

Valyuta operatsiyalarini bajarish; 
80
Мирзиѐев Ш.М..2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор 
йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. www.lex.uz


411 

Biznes yuzasidan maslahat berish va h.k. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling