Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Kredit mablag’lari manbai sifatida quyidagilar chiqadi


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Kredit mablag’lari manbai sifatida quyidagilar chiqadi: 
Birinchidan, korxonalarning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari. Bu 
mablag‘lar kapitalning doiraviy aylanishi bilan bog‘liq bo‘lib, ma‘lum muddat 
uning bir qismi bo‘sh turadi. Jumladan, amortizatsiya ajratmalari mahsulot 
sotishdan keladigan pul tushumlari, korxonalarning ishlab chiqarish, fan va 
texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari belgilangan 
maqsad bo‘yicha ishlatilguncha bo‘sh turadi. Korxonalar foydasi davlat byudjeti va 
kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, bankdagi hisoblarda saqlanadi.
Ikkinchidan, moliya – kredit muassasalarining pul mablag‘lari. Ularning 
daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini tashkil etadi. 
Tijorat banklari va moliya-kredit muassasalarining pul zahiralari ham ssuda fondi 
manbai hisoblanadi. 
Uchinchidan, davlat ixtiyoridagi zahira pul mablag‘lari. Markaziy va 
mahalliy boshqaruv bo‘g‘inlarining xarajatlari bilan soliq tushumlari o‘rtasidagi 
farq tarzida bo‘sh pullar mavjud bo‘ladi. 
To’rtinchidan, turli maxsus (pensiya, sug‘urta, xayriya) va ijtimoiy 
fondlarning mablag‘lari. Bu fondlarda pullarning hosil bo‘lishi va ishlatilishi har 
xil vaqtda yuz beradi. Bu ma‘lum miqdorda pul mablag‘larining bo‘sh qolib, qarz 
fondiga aylanishi uchun imkon beradi. 
Beshinchidan, aholi pul daromadlari va jamg‘armalari. Aholining iste‘molchi 
sifatida qimmatbaho tovarlar olish, uy qurish va marosimlar o‘tkazish maqsadidagi 
pullari ishlatilgunga qadar bo‘sh turadi. 
Oltinchidan, tadbirkorlar qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘lari. 


401 
Bulardan tashqari davlat byudjetidan uzoq muddatli qarz berish uchun maxsus 
mablag‘ ajratiladi. Markaziy bank ham qo‘shimcha emissiya tufayli moliya-kredit 
muassasalariga kreditlar berishi mumkin. 
Ma‘lum vaqt mobaynida bo‘sh pullar uning egalariga hech qanday daromad 
keltirmaydilar, shuning uchun kam miqdordagi foiz bilan ham qarz berish foydali 
bo‘lib qoladi. Natijada ana shu bo‘sh pullar ssuda kapitaliga aylantiriladi. Bunda 
banklar tegishli foiz bilan muhtoj bo‘lgan tadbirkorlar va boshqa sub‘ektlarga o‘z 
maqsadlarini amalga oshirish uchun qarz beradi.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling