Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Iqtisodiy fonda pul muomalasi to’g’risida bir qator nazariyalar mavjud


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Iqtisodiy fonda pul muomalasi to’g’risida bir qator nazariyalar mavjud. 
Ularning asosiylari quyidagilar: 
Klassik nazariya 
Muomala uchun zarur pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlarning 
qiymat miqdori va ularning oltin asosiga teng kelishi g‘oyasini ilgari suradi 
Miqdoriylik nazariyasi 
Bu nazariyaga ko‘ra muomaladagi pul miqdorining o‘zgarishi tovarlar narxi-
ning o‘zgarishiga olib keladi va bu o‘z navbatida pulning sotib olish layoqatini 
o‘zgartiradi 
Fisher yondashuvi. Bunda Fisher tenglamasi 
V
M
P
Q



narxlar pul 
massasiga to‘g‘ri mutanosiblikda, pulning qadr-qiymati esa uning miqdoriga 
teskari mutanosiblikda bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi. 
Kembridj maktabi (A.Marshall, A.Pigu, D.Robinson) yondashuvi pulga 
talab va uning taklifi o‘rtasidagi muvozanatlik shartlarini xarakterlaydi ya‘ni 
Y
R
K
M



, bu erda 
M-pul massasi 
K-marshall koeffitsienti (nominal daromadlarning naqd pul shaklida 
saqlanayotgan qismi) 
R -narxlarning umumiy darajasi 
Y -jamiyatning real daromadi 
R

Y -nominal daromad. 


396 
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti me‘yorida faoliyat qilishi, uning o‘sish 
sur‘ati, narx darajasi va bandlikni barqaror ushlab turish uchun muayyan miqdorda 
pul massasi talab qilinadi. 
2. Pul bozori. Pulga bo’lgan talab va pul taklifi 
Pul bozori -moliyaviy bozorning tarkibiy qismi bo‘lib, unda pul va unga 
tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar harakati ularga bo‘lgan talab va taklif ta‘sirida 
uyg‘unlashtiriladi. 
Pul bozori turlari 
1. Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) bozori. 
2. Kredit resurslari bozori. 
3. Banklararo depozitlar bozori. 
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy 
muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining 
asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy 
aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo‘lgan pul 
miqdorini hisoblash uchun M
1
...M
n
pul agregatlari yoki tarkibiy qismi 
tushunchasidan foydalaniladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida 
hisoblanadi:
M
o
- naqd pullar;
M
1
=M
o
+ tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy byudjetlar 
mablag‘lari, byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M
2
= M
1
+ banklardagi muddatli omonat(jamg‘arma)lar; 
M
3
= M
2
+ chiqarilayotgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom 
obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini 
tashkil qiladi. 


397 
Pul massasi – bu naqd va naqdsiz shaklda mavjud bo‘lgan, belgilangan 
vazifalarni bajaruvchi barcha pul vositalari yig‘indisidir. Yalpi pul taklifi 
iqtisodiyotdagi mavjud barcha pullar miqdori bilan aniqlanadi. 
Pul taklifi pul multiplikatori yordamida hisoblanadi. 
Pul multiplikatori – bu tijorat banklar tizimi muomaladagi pul massasini 
ko‘paytirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan ortiqcha ehtiyotlar bir qismi va 
yangi qarz (yoki qimmatli qog‘ozlarni sotib olish) taqdim qilish yo‘li bilan 
berilgan muddatsiz qo‘yilmalar summasidir. U bir soni (1) ning ehtiyotlar, 
majburiy normasiga bo‘lingan miqdoriga teng. Mazkur ko‘rsatkich pul asosi 
o‘zgargan holda pul massasi hajmi qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi. 
m
E
D
m




R
A
E
-

bunda; 
m – pul multiplikatori; 
D – pulning joriy hisobda eng yuqori darajada ko‘payishi; 
R – ehtiyotlar normasi; 
E – ortiqcha ehtiyotlar. 
Fisher tenglamasida Transaktsion deb nomlanadigan pulga talab ham 
hisobga olinadi. Bu talab turi pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi. 
Pulga Transaktsion talab – tovar va xizmatlarni sotib olishga xizmat qilishi sababli, 
u bitimlar uchun pulga talab ham deyiladi. 
Pulga bo‘lgan umumiy talab – bitimlar uchun (P
t
) va aktivlar tomonidan 
pulga talab (P
a
) ni o‘z ichiga oladi. 
Aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish korxonalarning ish xaqi to‘lash, 
material, yoqilg‘i sotib olish va shu kabilar uchun zarur bo‘lgan pul bitim uchun 
pulga talab deyiladi. Bitim uchun zarur bo‘lgan pul miqdori nominal YaIM hajmi 
bilan aniqlanadi, ya‘ni u nominal YaIM qiymatiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. 
Aholi va korxonalarga ikki holda bitim uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘s-
ganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda. 
Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, 
korporatsiya aktsiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishi 
mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga talab ham mavjud bo‘ladi. 


398 
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda 
o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik 
qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz 
va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling