Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari
25.1-chizma. Pulga bo’lgan talab
Keyns nazariyasiga ko‘ra pulga bo‘lgan talabni nominal daromad va ssuda foizi normasiga bog‘liq: nominal daromad pulga bo‘lgan talabga to‘g‘ri mutanosiblikda, ssuda foizi normasi esa teskari mutanosiblikda ta‘sir ko‘rsatadi. Muomaladagi pul miqdorining ko‘payishi boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda foiz stavkasi darajasi pasayishini keltirib chiqaradi. Bu tadbirkorlar uchun kreditlar arzonlashganini bildiradi, investitsiyalar o‘sishi ro‘y beradi va natijada YaIM o‘sishi kuzatiladi. YaIMning o‘sishi pulga bo‘lgan talabni kengaytiradi va foizning muvozanatli stavkasini oshiradi. Aynan pul muomalasi ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasini belgilab beradi. 3. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari Kredit pulni ma‘lum shartlarga amal qilgan xolda qarzga berish va uni maqsadli ishlatishni bildiradi. Kredit munosabatlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Dastlab natura shaklida (g‘alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar tomonidan qarzga berish udum bo‘la boshlagan. Qarzga pul berishning dastlabki 399 shakli sudxo‘rlik bo‘lib, u nihoyatda yuqori darajada foiz bilan qaytarilishi bilan kreditdan farq qilgan. Sudxo‘rlik salbiy tomonlari bilan birga kapitalning dastlabki jamg‘arish uchun zarur mablag‘larning shakllanishga yordam bergan. Industrial jamiyat va bozor xo‘jaligining vujudga kelishi bilan kreditsiz ishlab chiqarish faoliyatini yuritish qiyinlashib qoldi. Bunda kapital bir xo‘jalikda pul shaklida, ikkinchisida tovar shaklida to‘planib, turli sohalarda ularning harakati bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Kapital harakatning alohidalashgani tufayli bir xo‘jalikda pul etishmasa, ikkinchisida bo‘sh pul mablag‘lari mavjud bo‘ladi. Natijada mablag‘i yo‘qlar, bo‘sh pul mablag‘ga ega bo‘lganlardan qarz olishga majbur bo‘ladi. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida vaqtincha o‘z egalari qo‘lida bo‘sh turgan pul mablag‘larning ma‘lum muddatga, xaq to‘lash sharti bilan qarzga berilishi va uni qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarini ifodalaydi. Kredit munosabatlari ikki sub‘ekt o‘rtasida yuz beradi. Biri bo‘sh pul mablag‘lari egasi, ikkinchisi unga muhtoj, ya‘ni qarz oluvchilardir. Kredit sube‘ktlari yuridik hamda jismoniy shaxslar, banklar, korxona, davlat va turli toifa aholi qatlamlari hisoblanadi. Bir sub‘ektning o‘zi bir vaqtda ham qarz oluvchi, ham qarz beruvchi sifatida chiqishi mumkin. Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o‘rtasida bevosita yoki bilvosita tartibda amalga oshiriladi. Birinchi holda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ikkinchi holda vositachilar orqali bog‘lanadi. Odatda, asosiy vositachi rolini banklar o‘ynaydi. Kredit bir qator vazifalarni bajaradi. Taqsimlash vazifasi. Bunda bo‘sh pul mablag‘larini qarzga berish orqali kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash amalga oshiriladi va iqtisodiy resurslarning ko‘chib yurishi ta‘minlanadi. Joriy qilish. Kredit asosida va unga bog‘liq holda pul belgilari va unga tenglashtirilgan naqd pulsiz to‘lov vositalari, turli qimmatbaho qog‘ozlar emissiya qilinadi, xo‘jalik aylanmasiga kiritiladi. 400 Nazorat qilish. Kredit operatsiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat, moliyaviy ahvol nazorat qilinadi. Davlat kredit munosabatlari orqali pul aylanmasi barcha jarayonlarini boshqarishni amalga oshiradi. Rag‘batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali tejamkorlik, iqisodiy o‘sish rag‘batlantiriladi. Ishlab chiqarish uzluksizligini ta‘minlash. Bunda bo‘sh pul mablag‘larini harakatdagi kapitalga aylantirilib tovar ishlab chiqarish vaqti qisqartiriladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling