391
Diskretsion fiskal siyosat – milliy ishlab chiqarish real hajmini
o‘zgartirish, bandlik darajasini ushlab turish va
inflyatsiya ustidan nazorat
o‘rnatish hamda iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash maqsadida soliqlar bilan birga, davlat
xarajatlarini ongli ravishda manipulyatsiya qilishga qaratiladi.
Diskretsion fiskal siyosatning asosiy dastaklari quyidagilar hisoblanadi:
- Davlat sarflari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ishlar va boshqa dasturlari;
- Davlat buyurtma va xaridlari;
- Davlat investitsiyalari;
- Transfert yoki qayta taqsimlash turidagi xarajatlarni o‘zgartirish;
- Soliqlarni boshqarish.
Shunday qilib,
davlatning fiskal siyosatiga, milliy xo‘jalikda tashkil qilingan
soliq tizimi javob berishi va u iqtisodiyotdagi ichki o‘zaro munosabatlarni samarali
tartibga solishi zarur. Respublikada davlatning fiskal siyosati: ―...harajatlarning
ijtimoiy yo‘naltirilganligini
saqlangan holda Davlat, byudjetining barcha
miqyoslarida
muvozanatni saqlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini
mustahkamlashga yo‘naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish‖
ga qaratilishi maqsadga muvofiq.
78
Tayanch tushunchalar
Moliya – turli darajada markazlashgan pul fondlarini tashkil etish, taqsimlash
va ulardan foydalanish bo‘yicha vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: