Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
24.1-chizma. Laffer egri chizig’i Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil-korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o‘z mablag‘larini ishlab chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag‘- larni to‘ldirishga sarflash imkoniyatini beradi Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig‘idan foydadan undirilgan soliqqa o‘tish ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘- batlantirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko‘payishi bilan birga, ayni vaqtda ishlovchilar ish xaqini oshirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol mehnatni rag‘bat- lantiruvchi iqtisodiy muhit qaror topadi. Respublikamizda korxonalar zimmasidagi soliq yukini engillashtirishga erishishda qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e‘tibor qaratiladi. ―Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini 387 soddalashtirish yo‘lini davom etish, soliq ma‘muriyatchiligini takomillashtirish va rag‘batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish‖ 75 imkonini ham beradi. Bunda tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo‘yiladi. Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun erosti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to‘lov o‘rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo‘nalishidir. Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan soliqlar bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Bunda davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlashga asosiy e‘tibor qaratiladi. Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustah- kamlash, to‘lov majburiyatlarini bir me‘yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling