Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
XXIV BOB. MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi
XXIV BOB. MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT
1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi. 2. Davlat byudjeti va uning taqchilligi. 3. Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari. 4. Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari. 1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi Moliyaviy munosabatlar ko‘p qirrali bo‘lib, iqtisodiy munosabatlarning muhim tarkibiy qismi va bozor iqtisodiyotining amal qilishining zaruriy tarkibi hisoblanadi. Moliya – bu turli darajada markazlashgan pul fondlari vositasida iqtisodiyot sub‘ektlari pul daromadlarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir 74 .. Korxonalar, uy xo‘jaliklari va davlat moliyaviy munosabatlar sub‘ektlari, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar uning ob‘ekti hisoblanadi. Moliyaning mohiyati uning vazifalarida to‘laroq namoyon bo‘ladi. Bular, moliyaviy resurslarni jalb qilish, nazorat qilish, rag‘batlantirish va taqsimlash va ijtimoiy himoyalash vazifalaridir. 1. Moliyaviy resurslarni jalb qilish vazifasi shunda ko‘rinadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni markazlashgan tartibda to‘planishida namayon bo‘ladi. 2. Davlat moliyaviy dastak va vositalar yordamida ishlab chiqarish, iqtisodiyotda yaratilgan mahsulotni taqsimlash, ayriboshlash va iste‘mol ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larining moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lishi, turli soliqlar undirish va mablag‘ bilan ta‘minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. 3. Moliyaning taqsimlash vazifasi milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta‘minlashda namoyon bo‘ladi. Bu real ishlab chiqarish soha- 74 Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed.P-209 377 larida yaratilgan milliy daromadini tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari, mamlakat xududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Bunda milliy daromadning bir qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to‘lovlari, aktsiz yig‘imlari kabilar orqali davlat byudjetida to‘planadi. Davlat to‘plangan milliy daromadning katta qismini moliyaviy vositalar orqali aholining ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilish, tibbiyot xizmati, maorif, nafaqa, stipendiya va shu kabilarga), daromadlar darajasini ushlab turishga, milliy mudofaaga, atrof muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi. 4. Moliya iqtisodiy jarayonlarni, turli tadbirlarni moliyalash vazifasini ham bajaradi; 5. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayonida, ikkinchidan, foizli daromadlarni tashkil qilish va taqdim qilish mexanizmi vositasida amalga oshiriladi. 6. Ijtimoiy himoyalash ham moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma‘lumki, aholining muhtoj qatlamlari qariyalar, nogironlar, kam daromadli oilalar o‘zlarining hayot sharoitlarini minimal darajada ta‘minlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ijtimoiy himoyalash esa ularni moliyaviy kafolatlashni ham talab etadi. Bu asosan davlat moliyasi va maxsus fondlar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ijtimoiy iste‘mol orqali amalga oshadigan fondlar ham mavjud bo‘lib, bularga bepul tibbiy xizmat, maorif, atrof muhitni muhofazalash kabilar kiradi. Moliya tizimi – Umumdavlat moliyasi - davlat byudjeti, nobyudjet, ijtimoiy sug‘urta hamda mol-mulk va boshqa sug‘urta fondlarini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘inidir. Davlat byudjeti markazlashgan va xokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) byudjetini o‘z ichiga oladi. Hokimiyat quyi organlari byudjetning daromadlari hududidagi korxonalar daromadidan, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali 378 shakllanadi. Ularning daromadi qisman davlat byudjetidan beriladigan subsidiyalar hisobiga ham to‘ldiriladi. Hokimiyat quyi organlari byudjet mablag‘lari tegishli hududda ta‘lim, sog‘liqni saqlash, obodonchilik, yo‘l qurilishi va shu kabilarga sarflanadi. Mol-mulk va shaxsiy sug‘urta fondi mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to‘lovlari xisobiga shakllanadi. Fond mablag‘lari mol-mulkiy sug‘urtasiga va shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni ko‘zda tutadi. Shaxsiy sug‘urta aholining pul jamg‘armalarining tashkil qilishning shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi. Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy siyosiy va ma‘rifat ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o‘z ichiga oladi. Kasaba uyushmalar, siyosiy partiya, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, sport tashkilotlari va boshqa ilmiy ma‘rifiy jamiyatlarning ham o‘ziga xos moliyasi mavjud bo‘ladi. Bunday ijtimoiy tashkilotlarning moliyaviy resurslarining manbai, tashkilot a‘zolarining kirish puli va badallari, tijorat faoliyatidan kelgan daromad, xomiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Jamiyat moliya tizimida maxsus va xayriya fondli xo‘jalik subektlari va axolining pul mablag‘larini aniq bir maqsad yo‘lida birlashtiradi va ular maqsadli ishlatiladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling