Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
Tayanch tushunchalar 
Iqtisodiy inqiroz – ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy faollikning keskin 
tushib ketishi. 
Iqtisodiy tsikl – ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi 
boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakati. 
Turg’unlik (depressiya) – ishlab chiqarishning bir joyda muqim turishini 
anglatuvchi hamda iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart-sharoitlarning vujudga 
kelishiga imkon yaratiluvchi iqtisodiy tsikl fazasi. 
Jonlanish – iqtisodiy tsiklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib 
borishiga o‘tishini tavsiflovchi fazasi. 
Yuksalish – iqtisodiy tsiklning iqtisodiyotda to‘liq bandlikka erishilishi, 
ishlab chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to‘lovga 
layoqatli talabning kengayib borishini tavsiflovchi fazasi. 
Tarkibiy inqirozlar – iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari 
rivojlanishidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqtisodiy holat. 
Agrar inqirozlar – qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan iqtisodiy inqirozlar 
bo‘lib, tsiklli tavsifga ega bo‘lmaydi va sanoat tsikllariga qaraganda ancha uzoq 
davr davom etadi. 
Ishsizlik – mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan 
ta‘minlanmaganlar. 
Friktsion ishsizlik – malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o‘rinlar 
bo‘shashini kutayotganlar. 
Tarkibiy ishsizlik – ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o‘zgarishlar 
natijasida vujudga keladigan ishsizlik. 
Siklik ishsizlik – iqtisodiy tsiklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq ravishda 
vujudga keladigan ishsizlik. 
Ishsizlik darajasi – ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi ulushi. 
Ouken qonuni – ishsizlik darajasi va YaMM hajmining orqada qolishi 
o‘rtasidagi nisbatning miqdoriy ifodasi. 


374 
Inflyatsiya- pul aylanish kanallarining ortiqcha pul massasi bilan to‘lib 
ketishi oqibatida narxlar o‘rtacha (umumiy) darajasining ko‘tarilib borishini va 
natijada milliy pul birligining qadrsizlanishi ya‘ni uning sotib olish layoqati 
pasayishi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling