Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


  8. O’zbekistonda milliy valyuta-so’mning barqarorligini ta’minlash


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 


371 
8. O’zbekistonda milliy valyuta-so’mning barqarorligini ta’minlash 
vazifalari 
Respublikada milliy valyutani mustahkamlashda so‘mning xarid quvvatini 
oshirib borish va uning barqarorligini ta‘minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. 
Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to‘ldirish va zarur ehtiyotlar hosil 
qilish orqali erishiladi. Bozorni iste‘mol mollari bilan to‘ldirishda milliy ishlab 
chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Chunki shu orqali iste‘mol tovarlari sotishning umumiy hajmida milliy ishlab 
chiqaruvchilar mahsulotlari hissasi oshirib boriladi. Ayni vaqtda, milliy ishlab 
chiqarishni kengaytirish orqali so‘mning barqarorligini ta‘minlash chetdan 
mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta‘minlash 
maqsadida import ham rag‘batlantirib boriladi. 
So‘mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi 
etarli valyuta zaxirasi bo‘lishiga bog‘liq. Unga erishishda korxonalar va barcha 
sub‘ektlarning jahon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab 
chiqarishi uchun zarur bo‘lgan rag‘batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish 
alohida ahamiyatga ega.
So‘mning barqarorligini ta‘minlashda undan ehtiyotkorona va tejab – tergab 
foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larning eng ko‘p samara berishiga, 
olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o‘rin tutadi. 
Inflyatsiyaga qarshi aniq o‘ylangan siyosat o‘tkazish milliy valyutani 
mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya 
darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim.
Inflyatsiyaga qarshi siyosat negizini pul taklifining o‘sishini tovarlar va 
xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘lab olib borishga qaratilgan 
tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun mollar etarli bo‘lmagan holda 
aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi inflyatsiyaning yanada avj olib 
ketishiga sabab bo‘ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o‘sib borishi 
muqarrar ravishda uzoq davom etadigan giperinflyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu o‘z 


372 
navbatida, milliy ishlab chiqarishning izdan chiqishi, aholi keng tabaqalarining 
qashshoqlashishi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi. 
Tovarlar taqchilligi mavjud bo‘lib turgan sharoitida geperinflyatsiyaning 
oldini olish uchun aholi iste‘mol sarflarining o‘sishini ishlab chiqariladigan 
mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq 
qilib qo‘yish zarur bo‘ladi. Ichki bozorni mollar va xizmatlar bilan to‘ldirish, 
muomalaga o‘rinsiz ortiqcha pul chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, milliy valyuta 
barqarorligini ta‘minlash va xalq turmush darajasini o‘stirishning muhim shartidir. 
So‘mning barqarorligini ta‘minlashda naqd pul emissiyasining o‘sishiga, aholi 
qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik birinchi darajali ahamiyatga 
ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o‘z vaqtida qaytarilishiga 
erishishi, mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishini ta‘minlamagan korxonalarga 
kreditlar berilishini cheklash choralari ko‘rilishi kerak. Boshqacha aytganda qattiq 
pul-kredit siyosatini amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Respublikamizda keyingi yillarda 
puxta o‘ylangan pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiya ko‘zda 
tutilgan prognoz ko‘rsatkichlar chegarasida saqlanib qolinmoqda.
Inflyatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valyuta almashuv kursining 
barqarorlashuviga erishishdir. Bu o‘z navbatida import narxlarning 
barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi.
Valyuta birjalarida valyuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va 
taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valyuta kursi 
barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. 
Milliy valyuta kursi barqarorligini ta‘minlashning navbatdagi sharti 
valyutani nakd pulsiz almashtirish hajmini ko‘paytirishga ustunlik berishdir. 
Istiqbolda esa bu sohadagi siyosat banklararo valyuta birjasidagi aylanma 
mikdorini korxona va fuqarolar o‘z pulini kerakli miqdorda, xohlagan valyutaga 
erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga etkazishga qaratiladi.
Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning 
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining 
barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi. 


373 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling