Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Inflyatsiyadan yutqazmaydigan yoki undan naf ko’radigan qatlamlar


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Inflyatsiyadan yutqazmaydigan yoki undan naf ko’radigan qatlamlar 
quyidagilar: 

tovarlar, xomashyo, fond birjasida va valyuta bozorlarida vositachilik 
qiluvchilar. 

qarz olgan jismoniy va huquqiy shaxslar. 

pulni o‘z vaqtida ko‘chmas mulk, qimmatbaho va noyob buyumlar hamda 
barqaror chet el valyutalariga almashtirganlar. 

davlat tuzilmasida va bozorda monopol mavqega ega bo‘lganlar. 

kundalik zaruriy iste‘mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilar. 
Davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosati, inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy 
oqibatlarini yumshatish, ya‘ni inflyatsiya ustidan nazorat o‘rnatish va narxlar 
o‘sishini nisbatan past darajada ushlab turishga qaratiladi. Bu o‘z ifodasini in-


369 
flyatsiyani jilovlashga qaratilgan chora-tadbirlarda topadi. Mazkur chora-tadbirlar 
uzoq muddatli, qisqa davrli yoki majburiy tartibdagi tavsifga ega bo‘lishi mumkin. 
Davlatning inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan uzoq muddatli chora-
tadbirlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
I. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar. 

foydaga imtiyozli soliqlar belgilash; 

ishlab chiqarish maqsadlariga imtiyozli kreditlar ajratish; 

yangi ish boshlagan korxonalarga subsidiyalar berish; 

tashqi savdo (eksport-import)ga imtiyozlar kiritish; 

samarali antimonopol tadbirlarni amalga oshirish 
II. Byudjet taqchilligini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar. 

byudjet daromadlarini (soliq bazasini kengaytirish orqali) ko‘paytirish; 

byudjet xarajatlarini kamaytirib borish. 

investitsion jarayonlarga davlatning aralashuvini nisbatan cheklash
asoslanmagan subsidiya ham dotatsiyalarni kamaytirish va h.k. 

fan texnika taraqqiyotini, iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy o‘zgarishlarni 
qo‘llab-quvvatlash. 
III. Pul massasini tartibga solishga qaratilgan tadbirlar. 

pul daromadlarining o‘sishini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish; 

pul emissiyasini cheklash; 

davlat kreditlarini qat‘iy chegaralash; 

banklararo kredit resurslarining auktsionlarini kengaytirish; 

davlatning oltin va valyuta zahiralarini ko‘paytirish; 

korxonalarni xususiylashtirish jarayonini kengaytirish va shu kabilar. 
IV. Tashqi omillarning ta‘sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar. Bu tad-
birlar chet el kapitallari, qisqa muddatli kreditlari va qarzlariga inflyatsiyaning 
ta‘sirini kamaytirishga qaratiladi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling