363
Inflyatsiya- bu pul aylanish kanallarining ortiqcha pul massasi bilan to‘lib
ketishi oqibatida narxlar o‘rtacha (umumiy) darajasining ko‘tarilib borishini va
natijada milliy pul birligining qadrsizlanishi ya‘ni
uning sotib olish layoqati
pasayishini anglatadi.
Inflyatsiya narx darajasining barqaror o‘sishi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu
barcha narxlarning bir vaqtda muqarrar o‘sib borishini bildirmaydi. Narxlar
nomutanosib o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Biri tez o‘ssa, boshqasi ancha ma‘yoriy
sur‘atda ortadi, uchinchisi umuman ko‘tarilmaydi.
Deflyatsiya – inflyatsiyaga
qarama-qarshi jarayonni, ya‘ni narxlarning
umumiy darajasining pasayib borishini bildiradi.
Inflyatsiya quyidagilarda namoyon bo’ladi:
tovar (xizmat)larning mavjud taklifiga nisbatan
muomaladagi naqd pullar
yoki moliyaviy aktivlar hajmining haddan tashqari ortib ketishida;
pulning sotib olish layoqatining pasayib borishida;
narxlarning uzoq muddatli umumiy o‘sishida.
Inflyatsiya – pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar
narxlarining o‘sishida ko‘rinadi.
Muomalada bo‘lgan pul birligi miqdorining tovarlar narxi summasidan oshib
ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta‘minlanmagan pulning paydo bo‘lishi
pulning qadrsizlanishi, ya‘ni inflyatsiyaga olib keladi.
Qog‘oz pul tovarlarga, oltinga va o‘z qadrini, barqarorligini
saqlab qolgan
chet el valyutalariga nisbatan qadrsizlanadi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi.
Inflyatsiya sur‘ati – bu joriy davrdagi narxlarning (R
1
) bazis davrdagi
narxlarga (R
o
) nisbatidir.
1
100
o
o
P
Р
Pi
Р
Masalan, iste‘molchilik tovarlariga narx indeksi 2016 yil 113, 6; 2017
yil -
118,3 ga teng bo‘lsa, inflyatsiya sur‘ati quyidagicha bo‘ladi.
364
Inflyatsiya sur’ati =
%
1
,
4
100
*
6
,
113
6
,
113
3
,
118
Iqtisodiy tahlilda iste‘mol va investitsion tovarlar, YaIM, eksport
va import
tovarlari narx indekslaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: