Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsiyani turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. I.
Inflyatsion kutilish. Inflyatsion kutilish kishilarning joriy iste‘molidan
ortiqcha tovarlarni xarid qilishiga olib keladi. Ishlab chiqaruvchilar ham tez orada xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar yanada qimmatlashishini kutib, mahsulotlariga yuqori narxlarni o‘rnatib boradi. Inflyatsion kutilish natijasida joriy talabning kengayishi narxlarning yanada o‘sishini rag‘batlantiradi. Bir vaqtda jamg‘armalar qisqaradi va kredit resurslar kamayadi, bu ishlab chiqarish maqsadidagi investitsiyalar o‘sishini, tovar va xizmatlar taklifini kamaytiradi. Bun- day iqtisodiy vaziyat yalpi taklif sekin va yalpi talab tez o‘sishi bilan tavsiflanadi. Natijasi, narxlarning umumiy o‘sishi ro‘y beradi. Inflyatsiyani turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. I. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra inflyatsiya quyidagi turlarga ajratiladi: a) Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining surunkali o‘sishi jami talab ortiq- chaligi bilan tushuntiriladi. Bu iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsuloti- ning real hajmini ko‘paytirish ortiqcha talabni qondira olmasligini anglatadi. Chunki barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanishga jalb qilingan bo‘ladi. Shu 366 sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. b) Taklif inflyatsiyasi. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya, mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o‘z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari ish haqi, xomashyo va energiya narxlarining o‘sishi hisobiga ham ortib boradi. Agar ish haqining ortishi mehnat unumdorligining o‘sishidan yuqori sur‘atlarda ro‘y bersa, mahsulot birligiga xarajatlar ortib boradi. Ba‘zan xarajatlar o‘sishi zanjirli reaktsiya tavsifini kasb etadi. Jumladan, energetiklar ish haqining o‘sishi dastlab soha xarajatlari va elektr energiya ta‘riflarini oshiradi, keyin bu jarayon zanjirli tarzda tarqaladi: telefon xizmatlari qiymati, transport xizmatlari ta‘rifi, oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa shu kabilar narxining o‘sishiga olib kelishi mumkin. II. Narxlarning o‘sish sur‘atlariga ko‘ra inflyatsiyaning a) me‘yoridagi; b) o‘rmalab boruvchi v) giperinflyatsiya kabi turlari ajratiladi. Inflyatsiyaning birinchi turida narxlar yiliga 10 foizgacha, ikkinchisida 20 dan 200 foizgacha, uchinchisida, astronomik miqdorda o‘sishi kuzatiladi. Giperinflyatsiya aholi va hatto jamiyatning yuqori ta‘minlangan qatlamiga juda katta yo‘qotish keltiradi, savdo barter ayriboshlashga o‘tadi, milliy xo‘jalik izdan chiqadi. Giperinflyatsiya 1970-1980 yillar arafasida Boliviyada yiliga 2400% ga, 1992 yilda Rossiyada 2600% ga etgan. III. Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiyada uning oqibatlarini oldindan bashorat qilib kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchisida narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin. 367 IV. Namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra oshkora va yashirin inflyatsiya ajratiladi. Oshkora inflyatsiya narxlar o‘sishida namoyon bo‘ladi. Yashirin inflyatsiyada narxlar go‘yoki barqaror ko‘rinadi, ortiqcha pul tovar taqchilligida transformatsiyalashadi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling