Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YaIM deflyatori indeksi
Iste’mol tovarlari narx indeksi - iste‘mol savatiga kirgan tovarlarning joriy
va bazis davrdagi narxlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Investitsion tovarlar narxlari indeksi - korxonalar tomonidan an‘anaviy ravishda sotib olinadigan investitsion tovarlar to‘plami narxlar bo‘yicha aniqlanadi. YaIM deflyatori indeksi - nominal va real YaIM hajmining ikki davrdagi nisbatlari bilan aniqlanadi. Eksport va import tovarlar narxi indeksi - asosiy eksport va import tovarlari narxlarining o‘zgarishini aks ettiradi. Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablari. Inflyatsiya beqarorlikning ko‘p qirrali shakli bo‘lganligi sababli, uni keltirib chiqaradigan sabablar ham har xil bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda narx o‘sishini keltirib chiqaradigan barcha omillar ham inflyatsion hisoblanavermaydi. Jumladan, kon‘yukturaning siklli tebranishi, tabiiy ofatlar (suv toshqini, yong‘in, zilzila va h.k.) natijasida narx o‘sishini inflyatsion deb hisoblash mumkin emas. Inflyatsiya yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanishi sababli, bu ko‘pchilik bozorlarda uzoq vaqt talab foydasiga muvozanatlikning buzilishi tufayli vujudga keladigan narxlar umumiy darajasi o‘sishiga olib keluvchi omillardir. Bularning asosiylari quyidagilar: 1. Pul emissiyasining asossiz ko‘paytirilishi; 2. Davlat byudjeti taqchilligi; Agar taqchillik mamlakat banki tizimi qarzlari hisobiga moliyalashtirilsa bu muomaladagi pul massasi o‘sishiga olib keladi. Investitsiyalarni moliyalashtirish ham huddi shu usulda amalga oshirilsa narx- larning inflyatsion o‘sishi ro‘y berishi mumkin. 3. Iqtisodiyotning harbiylashtirilishi; 365 Iqtisodiyotni harbiylashtirilish bilan bog‘liq investitsiyalar alohida inflyatsion xavfli hisoblanadi. Milliy daromadni harbiy maqsadlarda ishlatilish nafaqat milliy boylik yo‘qotilishini bildiradi, balki pul massasining tegishli tovarlar bilan qoplanmagan o‘sishiga olib keladi. 4. Bozorning holati, unda raqobat mexanizmining amal qilish darajasi; Hozirgi davrda bozor holati, uning tuzilishidagi o‘zgarishlar ko‘proq erkin raqobat sharoitlari buzilishini, oligopolistik tuzilmalar vujudga kelishini anglatadi. Buning natijasida tarmoqqa yangi ishlab chiqaruvchilar kirib kelishining cheklanishi uzoq vaqt yalpi talab va taklif mos kelmasligiga sabab bo‘ladi. 5. Davlatning oshirilgan soliq solishga qaratilgan siyosati; 6. Ishlab chiqarish xarajatlarining ortib borishi; 7. Talabning nisbatan ortiqchaligi va uning o‘sib borishi; 8. Iqtisodiyotning «ochiqligi» darajasi o‘sishi. Bu milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jalik aloqalariga ko‘proq tortilishi orqali ―import qilinadigan‖ inflyatsiya xavfini kuchaytiradi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling